Kontent qismiga oʻtish

Ahror Toʻlaganov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahror Toʻlaganovich Toʻlaganov (1908.23.9 Toshkent 1990.18.J) - zoolog, fitogelmintolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950). Biologiya fanlari doktori (1947), professor (1948). Samarqand Davlat Universitetini tugatgach (1931), umurtqasiz hayvonlar kafedrasida aspirant, assistent, dotsent va mudir (1931—41), Maorif xalq komissarligida boshqarma boshligʻi (1942—43). Oʻrta Osiyo universitetida umurtqasiz hayvonlar kafedrasi (1941-yildan) va fitogelmintologiya problematik laboratoriya mudiri (1959-yildan). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya instituti gelmintologiya laboratoriya mudiri (1945—57), Samarqand Davlat Universiteti rektori (1957—63). Toshkent Davlat Universiteti umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi mudiri (1963—88), Toshkent Davlat Universiteti biologiya fakulteti dekani (1973—74). Ilmiy ishlari tuproq va oʻsimlikxoʻr nematodalarni oʻrganishga bagʻishlangan. 25 ga yaqin nematodalarning yangi turlarini kashf etgan. Uning rahbarligida Oʻzbekiston hududida uchraydigan oʻsimlik va tuproq nematodalari katalogi tuzilgan; kanop, gʻoʻza va sabzavot ekinlari parazit nematodalariga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1974).

  • Rasteniyeyadnie i pochvennie nematodi Uzbekistana, T., 1949; Nematodi selskoxozyaystvennix kultur Uzbekistana i borba s nimi, T., 1958; Fitonematodi Uzbekistana, T., 1975.