Kontent qismiga oʻtish

Ajal daftari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ajal Daftari – Tsugumi Ohba tomonidan qogʻozga tushirilgan va Takeshi Obata tomonidan tasvirlangan yapon manga janriga mansub toʻqima asar. Asar ‘’Weekly Shōnen Jump’’ manga jurnalida 2003-yil dekabridan 2006-yil mayigacha boʻlimlarga boʻlinib, keyinchalik esa 12 ta jildda toʻplangan holda taqdim etilgan. Hikoya Layt Yagami, daho oʻrta maktab oʻquvchisi, sirli daftarni topib olishi bilan boslanadi, qaysikim shinigami(oʻlim xudosi) Ryukga tegishli boʻlgan „Ajal daftari“dir. Bu daftar foydalanuvchisi shunday qudratga ega boʻladiki, uning sahifalarida ismi yozilgan har qanday odam daftarda bitilgani kabi oʻlim topadi.. Serialda asosiy syujet Laytning „Ajal Daftari“ dan „Kira“ taxallusi ostida ishlab, oʻzini xudo deb atashi va dunyo boʻylab axloqsiz shaxslarni qirgʻin qilish va jinoyatdan xoli jamiyat yaratish uchun foydalanishga boʻlgan keyingi urinishlari, qarshilik sifatida esa uni qoʻlga olish uchun anonim detektiv ‘’L’’ boshchiligidagi yapon politsiyasi ishchi guruhining harakatlari atrofida aylanadi.

 Animatsion adaptatsiyasi

Keyinchalik, Nippon televideniesida, Madhouse tomonidan ishlab chiqarilgan va Tetsuro Araki rejissyori boʻlgan 37-qismli anime teleseriali adaptatsiyasi 2006-yil oktyabridan 2007-yil iyunigacha namoyish etilgan. 2006 yilda Nisio Isin tomonidan seriyaga asoslangan yengil roman ham yozilgan.Nintendo DS video oʻyinlar kompaniyasi va Konami video oʻyinlar kompaniyasi tomonidan turli xil video oʻyinlar ham isteʼmolga chiqarilgan. AQSHda bu anime Netflixkinokompaniyasi tomonida 2017-yil avgust oyida kino shaklida ommaga tadbiq etilgan.


2005-yilning boshida, Liaoning (Xitoy Xalq Respublikasi) poytaxti Shenyang shahridagi maktab maʼmurlari bolalarga „Ajal Daftari“ni oʻqishni taqiqlashgan, chunki oʻquvchilar oʻquv daftarlarini „Ajal Daftari“ga oʻxshatib olib, keyin unga tanishlari, dushmanlari va oʻqituvchilarining ismlarini yoza boshlashgan. Taqiq esa oʻquvchilarning „jismoniy va ruhiy salomatligini“ „begunoh bolalarni yoʻldan ozdiruvchi, ularning ongi va ruhini buzuvchi“ deb ataluvchi sabablar bilan qoʻyilgan.