Kontent qismiga oʻtish

Ajamiy ibn Abubakr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ajamiy ibn Abubakr (12-asr 20-y.lari, Naxichevan — 13-asr boshi) — Ozarbayjon me’mori. Naxichevan me’morlik maktabi vakili. Ajamiy Yusuf ibn Qusayr maqbarasini (1161—62), Mu’mina xotun (Atobak) maqbarasini (1186), Naxichevandagi peshtoqlar bilan tutashtirilgan minoralarni qurgan. Ajamiyning qurgan binolari mukammal qismlari mustaqil hal etilgan, bezaklari jozibali, Ajamiy binolari oʻrta asr Ozarbayjon me’morchiligida hamda Yaqin Sharq mamlakatlari me’morligi tarixida koʻzga koʻringan obidalardan boʻlib, shu xildagi binolar me’morligining rivojlanishiga katta ta’sir koʻrsatgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.