Ajimat Matiyev
Ajimat Matiyev(1905-yil Olmaluu-Buloq qishlog'ida tavallud topgan,Fargʻona viloyati,Andijon tumani,) — Qirgʻiziston SSR Jalolobod viloyati, Achinsk tumani, Olmalu-Buloq kolxozi raisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1948-yil).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajimat Matiyev 1905-yilda Olmalu-Buloq qishlogʻida (hozirgi — Jalolobod viloyati Suzoq tumani) dehqon oilasida tavallud topgan. 1920-yillarning oxirlarida hozirgi Qirgʻiziston janubidagi kolxoz harakatida faol yuritgan. Ajimat Matiyev birinchilardan bo‘lib tug‘ilib o‘sgan qishlog‘idagi qishloq xo‘jaligi arteliga ishga kirgan. 1934-yildan — Achinsk viloyati "Olmalu-Buloq" kolxozi raisi lavozimida ishlagan. “Olmalu-Buloq” jamoa xoʻjaligini Jalolobod viloyatidagi ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari qatoriga olib chiqgan. Kolxoz 1947-yilda qoramol bo'yicha rejani 120 foizga, qo'y va yilqichilik bo'yicha 108,9 foizga, jun bo'yicha 110 foizga, sut bo'yicha 113 foizga ortig'i bilan bajargan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1948-yil 15-sentyabrdagi farmoni bilan Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali shuningdek Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1953—1960-yillarda Olmalu-Buloq qishlogʻi qishloq kengashi raisi, 1960—1987-yillarda Olmalu-Buloq kolxozining naslchilik fermasi boshligʻi boʻlib ishlagan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni
- Lenin ordeni
- Oʻroq va Bolgʻa medali
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajimat Matiyev 1991-yil 26-avgustda vafot etgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Qirg'iziston“. Uluttuk ensiklopediyasi: 1-jild. Asanov Y. A. B.: Mamlekettik til jana borboru ensiklopediyasi, 2006. ISBN 9967-14-046-1
- Borbugulov M., O'sh viloyatlari ensiklopediyasi, Frunze, 1989-yil