Ajio
Qiyofa
Ajio (italyancha. aggio), laj – 1) qimmatbaho qogʻozlar, pul belgilari, veksellar birja kursining oʻz nominal qiymatidan ortishi. Ajio, odatda, nominalga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Kursning nominal qiymatga nisbatan pasayishi esa dizajio deyiladi; 2) qadri past qogʻoz pulni tangalarga yoki qadri baland valyutaga almashtirishda undiriladigan komission haq; 3) obligatsiyalarni oʻz nominalidan yuqoriroq kurs boʻyicha qaytarib olinishi natijasida ularning narxiga qoʻshiladigan ustama.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |