Ajiriqti
Ajiriqti – korund koni; Navoiy viloyatidagi Tomdibuloq ovulidan 5 km gʻarbda, Tomdi togʻlarida. Korund metamorfizmga uchragan ohaktoshlar orasida qalinligi 1 m va uzunligi 10 m gacha boʻlgan qatlamlarda linza shaklida yotadi. Ruda tarkibida korund (10- 60%), Margarit, xloritoid, temir oksidlari va gidroksidlari bor. Kamdan-kam holda diaspor, andaluzit, shpinel, biotit, xlorit, muskovit, pirofillit uchraydi. Konda chuqurligi 2-3 m dan 20-30 m gacha boʻlgan qadimda qazilgan joylar uchraydi. Korunddan charx qumi sifatida foydalanilgan. Shu tipdagi bir qancha konlar (Ashibuloq, Tomdi, Chingildi, Oqtov, Saribuloq, Beshtov) mavjud. Korundli ohaktoshlarning toshkoʻmir davriga mansubligi yangi konlar topish va toshkoʻmir davri yotqiziqlarining yangi stratigra-fii: sxemasini ishlab chiqish imkonini berdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |