Kontent qismiga oʻtish

Akademik (sifat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademik (sifat) – 1) akademiyaning ilmiy muassasa yoki oliy hamda oʻrtda maxsus oʻquv yurti maʼnosidagi tushunchalariga taalluqlikni bildiradi; masalan, akademik nashr, akademik litsey, akademik yil, akademik soat. Akademik yil – oliy oʻquv yurtlarida mashgʻulotlar boshlanishidan (odatda kuzda) ularning tugashigacha (kelgusi yil yozigacha) boʻlgan vaqt; akademik soat – oʻquv yurtlarida bitta mashgʻulotni oʻtkazishga belgilangan vaqt (odatda 45 min.). 2) Oʻzbekiston va MDHda yetuk ijrochilik jamoalari, teatrlarga beriladigan faxriy nom (qarang Akademik teatr)[1].

  1. "Akademik (sifat)" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil