Akademik qayiqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akademik qayiqlar — tez su-zuvchi eshkakli sport kayiklari. Poygalarda ishlatiladi. Eshkak quloqlari va suriluvchi (roliklarda) maxsus oʻrindiqlari bor. Bunday qayiqlar juda yengil materiallardan yasalib, xipcha, suvni atrofidan tez oʻtkazadigan boʻladi. Akademik qayiqlar „yolgʻiz“ va „juftlik“larga boʻlinadi. „Juftlik“larda sportchi ikkita eshkakdan, „yolgʻiz“da esa bitta uzun eshkakdan foydalanadi. „Juftlik“ qayiqlar bir sportchilik, ikki sportchilik va toʻrt sportchilik boʻladi. „Yolgʻiz“ eshkaklilari ikki, toʻrt va sakkiz sportchiga moʻljallangandir. Qayiqlarning boʻyi, eni va vazni turlicha. Ichki qurilmalari bilan ogʻirligi 10-15 kg, uzunligi esa 8-9 m. Eng katta linkorn sak-kizlik Akademik qayiqlarning uzunligi 20 m.ga yaqin boʻlib, vazni 90-110 kg ga boradi. Sportchilar qayiq oldi tomoniga teskari oʻtirib esh-kak eshadilar. Oʻzbekistonda Akademik qayiqlar ilk bor 1963-yil paydo boʻldi. V. N. Mustafoyev 1971-yil mamlakat Kubogi uchun kurashda gʻolib chiqdi. 1989, 1990-yilda 8 juftlikda Oʻzbekiston oʻsmirlari sobiq Ittifoq chempioni boʻlishdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Olimpiya oʻyinlarida, Osiyo va jahon chempionatlarida muntazam qatnashadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Akademik qayiqlar" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil