Kontent qismiga oʻtish

Akbar Asqarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Akbar Asqarovich Asqarov [1902.25.10 (7.11) – Toshkent – 1978.9.5] – terapevt, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956). 1927-yil Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakultetini bitirgan. Toshkent tibbiyot instituti fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri (1941-yildan). Asqarov koʻp yillar davomida me’da-ichak kasalliklari etiologiyasi, klinikasi va davolash (ayniqsa oʻzbek taomlaridan tuzilgan parhez yordamida) usullari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. A.ning ingichka ichak, yoʻgʻon ichak, oʻt pufagi va jigar kasalliklari ustida olib borgan ilmiy ishlari tibbiyot nazariyasi va amaliyotini boyitgan. Ibn Sino "Tib qonunlari" asarining oʻzbekcha nashriga mas’ul muharrir va ruscha nashrining tahrir hay’ati a’zosi boʻlgan. Toshkentdagi koʻchalardan biri uning nomiga qoʻyilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil