Kontent qismiga oʻtish

Akbar Yerevanly

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akbar Yerevanly
Əkbər Yerevanlı
Tavalludi 17-iyun 1921-yil
Vafoti 28-avgust 1982-yil(1982-08-28)
(61 yoshda)
Yerevan, Armaniston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR
Taʼlimi Yerevan universiteti
Kasbi yozuvchi, adabiyotshunos olim, pedagogika
Otasi Yunis Nuri

Akbar Yunis oghlu Suleymanov (ozarbayjoncha: Əkbər Yunis oğlu Süleymanov; 1921-yil 17-iyun[1] – 1982-yil 28-avgust) – ozarbayjon yozuvchisi, adabiyotshunos olimi, pedagog, dotsent (1956)[2]. Yerevan davlat pedagogika instituti ozarbayjon tili va adabiyoti kafedrasi mudiri (1956–1980)[3][4], Armaniston SSR Yozuvchilar uyushmasi Ozarbayjon boʻlimi mudiri (1964–1982)[5].

Akbar Sulaymonov 1921-yil 17-iyunda[6] Yerevan shahrida tugʻilgan. 1943—1948-yillarda Yerevan davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1938-yilda Yerevanda ozarbayjon tilida chiqadigan „Kommunist“ (keyinchalik „Sovet Ermenistani“) gazetasi tahririyatida boshlagan. Adabiy xodim, mas’ul kotib, tarjimon boʻlib ishlagan[7].

1951-yilda Armaniston milliy fanlar akademiyasining M.Abegyan nomidagi Adabiyot institutining aspiranturasiga oʻqishga kirdi va 1954-yilda „Arman va ozarbayjon sovet adabiyotida arman va ozarbayjon xalqlari doʻstligining aksi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1950–1965-yillarda Yerevan davlat universitetida ozarbayjon adabiyoti oʻqituvchisi, 1956-yildan Yerevan davlat pedagogika institutida ozarbayjon tili va adabiyoti kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan. Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi oʻzaro adabiy aloqalar sohasida izchil izlanishlar olib bordi, bir qator arman adiblarining asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qildi[8].

Akbar Yerevanlyning doktorlik dissertatsiyasi – „Ozarbayjon-Arman adabiy aloqalari. Qadim zamonlardan 18-asr oxirigacha“ 1968-yilda Yerevanda „Hayastan“ nashriyotida 556 betlik monografiya shaklida nashr etilgan. Ammo dissertatsiya himoya qilinmay qolib ketdi. Shuning uchun 1975-yilda BokudaArman-Ozarbayjon adabiy aloqalari (ogʻzaki xalq ijodiyoti, XI-XVIII asr oshiq sanʼati va adabiyoti)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[9].

Akbar Yerevanly Sobir Rizayev bilan birga yozgan 166 betlik rasmli „Yunis nuri“ kitobi 1980-yilda Yerevandagi Arman teatr jamiyati tomonidan nashr etilgan[10].

  1. Հայկական սովետական հանրագիտարան Վիկտոր Համբարձումյան: , 1974 — 581-bet. 
  2. XX əsr Azərbaycan yazıçıları: ensiklopedik məlumat kitabı. Bakı: Nurlan, 2004 — 237-bet. 
  3. İrəvan: Ensiklopedik foto-toplu. Bakı: ADPU-nun nəşriyyatı, 2019 — 14-bet. 
  4. Nazim Mustafa. „Ədəbi mühit“. iravan.preslib.az (2013). 2022-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
  5. Ələddin Allahverdiyev. „MÜƏLLİMLƏRİM HAQDA XATİRƏLƏR: QƏŞƏM ASLANOV“. karabakhmedia.az (2016-yil 5-oktyabr). 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-oktyabr.
  6. Հայկական սովետական հանրագիտարան Վիկտոր Համբարձումյան: , 1974 — 581-bet. 
  7. İrəvan: Ensiklopedik foto-toplu. Bakı: ADPU-nun nəşriyyatı, 2019 — 14-bet. 
  8. XX əsr Azərbaycan yazıçıları: ensiklopedik məlumat kitabı. Bakı: Nurlan, 2004 — 237-bet. 
  9. Azərbaycan sovet ədəbiyyatşünaslığı (1920—1975). Biblioqrafiya. Bakı: Elm, 1983 — 907-bet. 
  10. „Jунис Нури“. Pan-Armenian Digital Library (2022-yil 29-aprel).