Akbarobod tabiat yodgorligi
Akbarobod tabiat yodgorligi | |
40°27′48.20717″N 72°2′45.28975″E / 40.4633908806°N 72.0459138194°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Yaqinidagi shahar | Quva |
Maydon | 8 ga (0.080 km2; 0.031 kv mi) |
Oʻrtacha balandligi | 427 m |
Tashkil topgan sanasi | 2003-yil |
Akbarobod tabiat yodgorligi — Farg‘ona viloyatining Quva tumani hududida joylashgan[1].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiiiy yodgorlik Quva tumanining „M.Sherboʻtayev“, „A.Navoiy“ va „Dehonobod“ nomli massivlar bilan chegaralangan boʻlib, jami 395 ga (3.95 km2; 1.53 kv mi)ni tashkil etgan. Hudud dengiz sathidan 427 metr balandlikda joylashgan boʻlib, bugungi kundagi yer maydoni 8 ga (0.080 km2; 0.031 kv mi)ni tashkil etadi.
Tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quva tumani hokimining 2003-yil 14-maydagi 388-sonli „Muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomini berish toʻgʻrisida“gi qaroriga asosan, qumliklarga muhofaza etiladigan tabiiy hudud maqomi berilgan. Ushbu tabiat yodgorliklariga pasport ishlab chiqilib, Quva tuman hokimligi, hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanib, yuqoridagi Katta Dehqonobod va Katta Qishloq mahalla fuqarolar yigʻinlariga nazorat qilish uchun biriktirib berilgan. Muhofaza etiladigan qum barxani tabiiy holatda saqlanmoqda[2].
Tashkil etishdan maqsad-tabiiy qum barxanlarini saqlab qolishdan iborat.
Oʻsimliklar qoplamasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiiy yodgorlikda yarim butalarning 5-6 turi, ko‘p yillik o‘tlarning 7-8 turi, bir yillik va ikki yillik oʻsimliklar ham oʻsadi.
Foydalanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiat yodgorligi atrofidagi yerlar qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun oʻzlashtirilgan va baliqchilik havzalari tashkil etilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „Farg'ona ekoturizmi“ (o'zbek). UZA (2016-yil 12-may). Qaraldi: 2023-yil 16-may.