Kontent qismiga oʻtish

Akkomodatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akkomodatsiya (lotincha accomodatio moslashuv) — koʻzning turli masofadagi narsalarni ochiq-ravshan koʻrishga moslashuvi. Yaqin va uzoq, masofadagi narsalar aksi toʻppa-toʻgʻri koʻz toʻr pardasiga tushishi uchun koʻz gavhari qavariq yoki yalpoq boʻlishi kerak. Yaqindagi narsalarga qaragan paytda koʻz gavhari sharga oʻxshash qavariq shaklga, uzoqdagi narsalarga qaraganda esa choʻzilib, tekis yuzali shaklga kiradi. Bu jarayonda koʻzdagi kipriksimon tana, koʻz gavhari va ularni bir-biriga bogʻlab turgan juda koʻp nozik naychalar, rangdor parda hamda koʻz qorachigʻi faol qatnashadi. Ana shu xususiyatlar tufayli sogʻlom koʻz hamma vaqt ravshan koʻradi. Yosh ulgʻaygan sari koʻz gavharining elastikligi oʻzgaradi va odam taxminan 60-65 yoshida koʻzining moslashish qobiliyatini yoʻqota boshlaydi[1].

  1. [OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil