Akkord haq to'lash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Akkord haq toʻlash — ishchilar mehnatiga haq toʻlash bo'lib, ishbay tizimining turidan biridir. Akkord haq toʻlashda- mehnat haqi miqdori alohida xodim yoki ishchilar guruhiga kompleks ishlari bajarilgani uchun tayinlanadi. Akkord haq toʻlash tizimi asosan qurilishda qoʻllanadi. Uning mazmuni shundan iboratki, unda xodimlarning ish haqlari hajmi, butun ish hajmining bahosi va amaldagi norma boʻyicha oʻrnatiladi. Bunda ishchilarga belgilangan muddatgacha bajarilgan ishlari uchun oldindan mehnat haqi miqdori eʼlon qilinadi. Ushnu maqsadda ish boshlashdan oldin akkord naryadi rasmiylashtiriladi. Mehnat haqqi miqdori akkord naryadi boʻyicha barchaga bajarilgan ishlar, qabul qilinganidan soʻng oʻsha vaqtda amalda boʻlgan norma va rastenkalar qoʻllangan hollarda belgilanadi. Uzoq muddat davomida bajarilishi moʻljallangan vazifa uchun akkord haq toʻlash tizimida mehnat haqqi tegishli hisob davriga toʻgʻri keladigan amalda bajarilgan ishlar uchun toʻlaniladi.
Muddatdan oldin bajarilgan ishlar uchun akkord haq toʻlash tizimida mukofotlar joriy qilinishi mumkin.
- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi