Akkorokamui
Akkorokamui – mahluqga oʻxshash, yirik sakkizoyoq[1]. Tanasining uzunligi 120 metrgacha boʻlishi mumkin[2]. Baʼzi manbalarda „tentacle-holding kamuy“ nomi bilan ham atalgan[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tahminlarga koʻra, Akkorokamui bir vaqtlar Yaushikep ismli ulkan oʻrgimchak boʻlgan va Rebunge nomli qishloq yaqinidagi togʻlarda yashagan. Bir kuni Yaushikep Rebungega tushib, qishloq aholiga zarar yetkazgan. Soʻng, qishloqda yashovchilar oʻzlarini himoya qilish uchun, xudoga iltijo qilishgan. Ularning ibodatlariga dengiz xudosi Repun Kamuy javob bergan va Yaushikepni Uchiura koʻrgazasiga olib kirgan. Aytilishicha, Yaushikep katta sakkizoyoqga aylangan va koʻrgazni xudo sifatida egallab olgan. Shundan beri qishloq aholisi tomonidan At-kor-kamuy yoki Akkorokamui deb atalib kelgan[3].
Shinto dinida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu mavjudotga hurmat Shinto dinidan kelib chiqqan[4]. Akkorokamui koʻpincha shifo va bilim berish qobiliyatiga ega mehribon iloh sifatida tasvirlangan boʻlsa-da, oʻzgaruvchan va zarar yetkazishga ham qodir. Akkorokamui chidamlilik va itoatlilik sifatlariga ham ega. Akkorokamui dengizni va undagi yeguliklarni yoqtiradi. Masalan: baliq, qisqichbaqa, mollyuskalar va shunga oʻxshash dengiz jonivorlari Akkorokamuining eng sevimli ozuqasidir. Akkorokamui oʻzini oʻzi jarohatlash va aʼzolarini qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bu qobiliyat sababli shinto dinidagilar Akkorokamui shifo kuchiga ega deb hisoblashadi. Natijada, agar Akkorokamuiga qurbonliklar keltirilsa tanadagi kasalliklarni, xususan, kasallangan aʼzolarni davolaydi deb oʻylashadi[5].
Yaponiyada Akkorokamui va sakkizozoyoq xudolarga bagʻishlangan muqaddas joylar mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Masako Morino. Fairy Tales, Hokkaido (ja). Sanon Publishing, 1970 — 51–56-bet.
- ↑ Swancer. „The Mystery Monster Octopus of Japan's Far North“ (2017-yil 28-aprel).
- ↑ 3,0 3,1 „Akkorokamui“. Yokai.com.. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
- ↑ Srinivasan, Amia (7 September 2017). "The Sucker, the Sucker! [Review"]. London Review of Books 39 (17): 23–25. https://www.lrb.co.uk/the-paper/v39/n17/amia-srinivasan/the-sucker-the-sucker. Qaraldi: 7 December 2022.Akkorokamui]] Alt URL.
- ↑ Crump, Marty. [[[:Andoza:GBurl]] A Year with Nature: an Almanac], Illustrated by Bronwyn McIvor, University of Chicago Press, 2018 — 282-bet. ISBN 978-0-226-44970-8. Qaraldi: 2022-yil 7-dekabr.