Akmal, ajdarho va malika
Akmal, ajdarho va malika | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Yuriy Stepchuk |
Ssenariynavis(lar) | Lev Arkadev |
Rollarda | Sokrat Suleymanov, Dilnoza Rasulova, Rajab Adashev , Iroda Aliyeva |
Bastakor(lar) | Yevgeniy Shiryayev |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1981 |
Davomiyligi | 63 min. |
Mamlakat | SSSR |
Til | ruscha |
Keyingi film | Akmalning yangi sarguzashtlari |
Akmal, ajdarho va malika — 1981-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan prokatga chiqarilgan sovet bolalar badiiy filmi boʻlib, suratga olish ishlari Toshkentda boʻlib oʻtadi.[1]
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur film sarguzasht izlab bir necha bor uyidan qochgan Akmalni qidirishdan boshlanadi. U topilgach, ertaklar olamida sayr qilganini aytib oʻtadi. Film qahramoni oʻzini ertaklar olamiga tushib qolgani, u yerda Goʻzal ismli malikani hayoti xavf ostida ekanini eslaydi: quyosh botishi bilan uni Qorabotir ajdarho oʻgʻirlashini aytadi va u sehrgar chol yordamida malika va shahar aholisini qutgargani yoʻlga otlanadi.
Biroq Akmal kechikadi — u shaharga kirib kelganida allaqachon ajdarho kelib, malikani oʻgʻirlab, qolgan aholini sehrlab qoʻygan boʻladi. Ajdarho kelgan paytida stol tagiga yashiringan malikaning otasi xon jodudan qutulib qoladi. Akmal ajdarhoning izidan yoʻlga tushadi, xon esa tasodifan qoʻl ostidagi xizmatkorlariga teginib, haykaldek qotib qoladi. Yoʻlda Akmal tishi ogʻriyotgan jodugarga duch keladi. Akmal uni tishini sugʻurib, yalmogʻizni azobdan qutqaradi va u minnatdorchilik bildirib, bolaga yordam berishga qaror qiladi.
Akmal ajdaho bilan jang qiladi. Uni qidirayotgan milisioner Nuriyev ham yordamga shoshiladi. Birgalikda ular ajoyib choʻgʻdek qizil lola yordamida Qorabotir ustidan gʻalaba qozonishadi.
Film musiqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmda bastakor Yevgeniy Shiryayevning Yuriy Stepchuk sheʼrlari asosida yozilgan uchta qoʻshiq: „Oltin yolli ot“[2], „Men — 100 yillik cholman“[3] va „Men jodugarman“[4] qoʻshigʻi taqdim etilgan.
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Suqrot Sulaymonov — Akmal
- Dilnoza Rasulova — Goʻzal / Malika
- Rajab Adashev — Jahongir Nuriyev, milisiya leytenanti
- Iroda Aliyeva — jodugar kampir (ochkoʻz kampir)
- Vohid Qodirov — Xon, malika Goʻzalning otasi
- Xayrulla Sagdiyev — „yuz yillik chol“, ham sehrli bogʻbon
- Vahob Abdullayev
- A. Muhamedov
- Maqsud Mansurov
- Uchqun Rahmonov
- Poʻlat Saidqosimov
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ АКМАЛЬ, ДРАКОН И ПРИНЦЕССА (1981) Kino-teatr.ru
- ↑ Песни из кинофильма „Акмаль, дракон и принцесса“ „Златогривый конь“, pesnifilm.ru.
- ↑ Песни из кинофильма „Акмаль, дракон и принцесса“ „Я — столетний старичок“., pesnifilm.ru.
- ↑ Песни из кинофильма „Акмаль, дракон и принцесса“ „Я —ведьма“, pesnifilm.ru
Tomosha qilish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]Акмаль, дракон и принцесса (1981). Фильм-сказка Youtube.com