Kontent qismiga oʻtish

Aminjon Akobirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Akobirov Aminjon Soliyevichdan yoʻnaltirildi)

Aminjon Soliyevich Akobirov (1930-yil 22-fevral, Buxoro) – aktyor va rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Buxoro teatrida aktyor (1945-1957), rejissyor (1957-1960), bosh rejissyor (1960-1964), direktor va rejissyor (1964-1973 va 1975-yildan), Samarqand opera va balet teatrida direktor (1973-1975). Aminjon Akobirov maʼnaviy-falsafiy ruhdagi obrazlarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan: Qambarali („Oltin koʻl“), Sulaymon („Arshin mol olon“), Navoiy („Alisher Navoiy“), Kochkaryov („Uylanish“) va boshqa rejissyor sifatida „Ravshan va Zulxumor“ (K. Yashin), „Guli Siyoh“ (S. Jamol), „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla), „Mening Buxorom“ (K. Yashin), „Vatan ishqi“, (Z. Fatxullin, Sh. Saʼdulla) kabi asarlarni sahnalashtirdi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil