Kontent qismiga oʻtish

Akram Asqarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asqarov Akram (?-Toshkent- 1891.15.10) — birinchi oʻzbek havaskor arxeologi. Akrampolvon nomi bilan mashhur. Savdogar oilasidan. Akram Asqarov oʻz davrining mashhur kolleksioneri sifatida turli-tuman arxeologik buyumlar va qadimgi tangalarni toʻplagan. Uning birgina numizmatika kolleksiyasi 15 mingdan ortiqroq (17 oltin, 1498 kumush va 13537 mis) qadimgi pullardan iborat boʻlgan. Shulardan 504 tasi Sankt-Peterburg Ermitajida saqlanmoqda. 1890-yil Toshkentda ochilgan qishloq xoʻjaligi va sanoat mollari koʻrgazmasida Akram Asqarov oʻzining arxeologik va numizmatik kol-leksiyalari bilan ishtirok qildi. Akram Asqarov rus olimlarining Oʻrta Osiyo boʻylab olib borgan ilmiy kuzatishlarida, jumladan, 1884-yilda rus tarixchisi N. I. Veselovskiyning Surxondaryo, Fargʻona va Zarafshon vodiylari hamda Buxoroda oʻtkazgan ilmiy safarida hamrohlik qildi. Rossiyaning arxeologiya jamiyati Akram Asqarovning arxeologiya sohasida qilgan xizmatlarini taqdirlab, uni 1887-yilda kumush medal bilan mukofotlagan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil