Akram Shamkaev
Akram Shamkaev | |
---|---|
Asl ismi | Akram Belyaevich Shamkaev |
Tavalludi |
16-oktabr 1916-yil SSSR Samara viloyati, Buguruslan tumani, Matveevskaya volostining Staroashirovo qishlogʻi |
Vafoti |
12-avgust 1981-yil (65 yosh) Shoʻrchi tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi |
Qoʻshin turlari | tank qoʻshinlari |
Xizmatdagi yillari |
1939—1940 1941—1945 |
Unvoni |
Katta leytenant |
Jang/urush |
Ikkinchi jahon urushi SSSR-Finlandiya urushi |
Mukofotlari |
„SSSR Qurolli Kuchlariga 50 yil“ yubiley medali Harbiy xizmatlari uchun "1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 60 yilligi" yubiley medali |
Isteʼfoda | mexanik |
Akram Belyaevich Shamkaev [1] (1916-1981) — Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi, 6-koʻprikli brigadaning 135-alohida motorli ponton-koʻprik bataloni pontoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni, „Harbiy xizmatlari uchun“ va Lenin ordeni sohibi.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1916-yil 22-oktyabrda Samara viloyati, Buguruslan tumani, Matveevskaya volostining Staroashirovo qishlogʻida tugʻilgan (hozirda qishloq Orenburg viloyati Matveevskiy tumani tarkibiga kiradi). Millati tatar. Maktabda faqat 2-sinfgacha tahsil olgan. Qishloqda kolxoz tashkil etilgandan so‘ng, turli ishlarda ishladi, 1935-yildan boshlab kurslarni tamomlab, MTSda traktorchi bo‘lib ishlagan.
1937-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan va tank boʻlinmalarida xizmat qilgan. 1939-1940-yillarda sovet Finlandiya urushida qatnashgan, akasi Vasiliy bilan birga bir tankda jang qilgan. 1940-yilda zahiraga olinib uyiga qaytgan.
1941-yil iyulda yana armiyaga chaqirilgan. Akasi bilan bitta tankda nemis bosqinchilariga qarshi jang qilgan. Jiddiy jarohatlanganidan soʻng sapyorlar boʻlinmalarida, keyin 6-ponton-koʻprik brigadasining 135-alohida motorlashtirilgan ponton-koʻprikli batalonida xizmatini davom ettirgan.
Bryansk, Voronej va 3-Ukraina frontlarida sapyorlar qoʻshinida jang qiladi, Msensk yaqinidagi janglarda, Kursk va Ukrainani ozod qilishda qatnashadi. 1943-yil kuzida Dnepr daryosini kesib oʻtishda jonbozlik ko‘rsatgan. "Harbiy xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.
1943-yil oktabr boshida Qizil Armiya askari Shamkaev boʻlgan parom ekipaji dushman oʻqlari ostida Kozintsi-Zarubentsi hududida 3-gvardiya tank armiyasi qoʻshinlarining harbiy texnikalarini daryodan kechib oʻtishini taʼminlagan. Birinchi kun dushmanning toʻxtovsiz olovi ostida 12 marta daryodan olib oʻtish amalga oshiriladi. O‘q tegishi natijasida paromning 16 joyida teshiklar yuzaga keladi, lekin Shamakayev fidoyilik ko‘rsatib teshiklarni yamaydi va parom suzishda davom etadi. Kechuv bir necha kun davom etadi.
1943-yil 12-oktabrda Dnepr daryosining oʻrtasida parom shikastlangan qayiqni tortib borayotganida vintga arqon o‘ralib qoladi va tezligi pasayib ketadi. Shamkaev muzli suvning sovuqligiga qaramay suvga sho‘ng‘ib vintni bo‘shatadi. Har safar kemaga bomba parchalari tegishi natijasida teshilganida, mohirlik bilan teshiklarni yamab, qirg‘oqqacha suzib borishga erishadi va odamlarni qutqaradi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 10-yanvardagi Farmoni bilan „Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun“, oddiy askar Shamkaev Akram Belyaevich Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlangan .
Urushdan keyin Shamkaev zahiraga bo‘shatilgan. O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Kolxozda mexanik bo‘lib, keyin Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi qishloq xo‘jaligi texnikalari birlashmasida ishlagan. Shurchi shahrida yashagan. 1981-yil 12-avgustda vafot etgan.
- Mukofotlari
U Lenin ordeni, medallar, shu jumladan „Harbiy xizmatlari uchun“ medallari bilan taqdirlangan.
- Xotirai
- Sho‘rchi shahridagi bir ko‘cha, u ishlagan jamoa, viloyatda o‘tkazilgan sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlar uning nomi bilan atalgan.
- Orenburg viloyati [2] Matveevskiy tumani, Staroashirovo qishlogʻidagi maktab uning nomi bilan ataladi.
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ V Ukaze o nagrajdenii zvaniem Geroya Sovetskogo Soyuza ukazan kak Shamkaev Akram Bileevich
- ↑ „МБOУ "Староашировская СОШ имени Героя Советского Союза Шамкаева Акрама Беляевича“. 2022-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Geroi Sovetskogo Soyuza: Kratkiy biograficheskiy slovar / Pred. red. kollegii I. N. Shkadov. — M.: Voenizdat, 1988. — T. 2 /Lyubov — Yaщuk/. — 863 s. — 100 000 ekz. — ISBN 5-203-00536-2.
- Orenburjsi — Geroi Sovetskogo Soyuza: bibliograficheskiy ukazatel / Bibliogr. otd.; sost. N. A. Kuznesova. — 1. — Orenburg: Oblastnaya nauchnaya biblioteka imeni N. K. Krupskoy, 1987. — S. 133—134. — 155 s.
- Rossovskiy V. P. Zolotie zvyozdi Orenburjya: biograficheskiy spravochnik. — Chelyabinsk: Yujno-Uralskoe knijnoe izdatelstvo, 1989. — 508 s. — ISBN 5-7688-0185-5.
- Zolotie zvyozdi Orenburjya: biograficheskiy spravochnik / V. P. Rossovskiy; red. Ye. A. Urbanovich; res. U. A. Batirov, N. M. Rumyansev. — izd. 2-e, pererab. i dop. — Orenburg: IPK „Yujniy Ural“, 2005. — S. 358—359. — 595 s. — ISBN 5-94461-009-3.
- Geroi Sovetskogo Soyuza — uzbekistansi. Tashkent, 1984.