Akrom Umarov
Qiyofa
Akrom Umarov (1899–1956) — samarqandlik ganchkor usta, meʼmor. Hunarni otasi usta Umar va Abduqodir muhandis (Abduqodir Boqiyev)dan oʻrgangan. 1928-yildan Samarqanddagi meʼmoriy obidalarni tiklash bilan shugʻullangan; Sherdor Madrasa (devori va peshtogʻi), Tillakori va Ulugʻbek madrasalarining minoralarini tiklashda qatnashgan; Shohizinda ansamblidagi Qoʻshgumbaz maqbarasi, Amir Temur maqbarasi poygumbazi va gumbazi ustini koshinlar bilan toʻliq qoplagan. Buxoro va Shahrisabzdagi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda qatnashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |