Kontent qismiga oʻtish

Akseptor aralashma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akseptor aralashma — yarimoʻtkazgich kristali tarkibidagi atomlari akseptor boʻlgan begona kimyoviy element. Bor, alyuminiy, galliy, indiy elementlarining atomlari yarimoʻtkazgichlar — germaniy va kremniy kristallari tarkibida ishtirok qilganda Akseptor aralashma hosil boʻlib, yarimoʻtkazgichlarning xossalari oʻzgaradi. Akseptor aralashma ni belgilovchi muhim fizik kattaliklardan biri ularning ionlanish energiyasidir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil