Kontent qismiga oʻtish

Akshara Gowda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akshara Gowda
Tavalludi
Harini Gowda

24-dekabr 1989
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Aktrisa
  • Model
Faoliyat yillari 2011-yildan hozirgi kungacha

Akshara Gowda(tugʻilgan paytidagi ismi Harini Gowda) — hind, tamil va kannada filmlarida suratga tushgan hind aktrisasi.[1] Uni "Chitkabrey" - (Kulrang soyalar) filmidagi ijro etgan roli mashhur qilgan.[2] U Bollywooddagi debyutini 2013-yilda Priyadarshanning "Rangrezz" filmida amalga oshirgan.[3] Gouda Ajith-Vishnuvardhanning "Arrambam" nomli tamil tilidagi filmida rol ijro etgan. Akshara Gowda o'sha "Arrambam" filmidagi "Stil Tamizxachi" qo'shig'iga ishlangan klipida suratga tushishi bilan yanada mashhur bo'ldi va u tezda xit qo'shiqqa aylandi. U shuningdek, tamil tilidagi Thuppakki filmida rol o'ynadi.[4]

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akshara Gowda Bangalorda, Karnatakada dunyoga kelgan. Otasi, tadbirkor JPS Gowda va onasi Gowri Gowda. Uning Hamsa degan ukasi bor. Uning 1999-yilda tugʻilgan Harshitha ismli singlisi bor. Akshara Gowda Bangalordagi Yangi Kembrij o'rta maktabida o'qigan va keyin Vijaya Junior kollejida, Bangalordagi SKIT kollejida muhandislik fakultetini tamomlagan. O'rta maktabda o'qib yurganida, u shtat darajasida tosh uloqtirish va stol tennisi bilan qiziqib shug'ullangan. Shuningdek, modellik shoularining doimiy ishtirokchisi bo'lgan edi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil aprel oyida gazetalarda Akshara Gowda hind kriketchisi Yuvraj Singh bilan unashtrilgani e'lon qilindi.[5] Biroq, Gowda unashtiruvni tez kunda rad etib chiqdi va bu shunchaki ommaviy axborot vositalarining mish-mishi ekanligini aytdi.[6][7]

2017-yilda bergan intervyusida Gowda ruhiy jihatdan depressiyaga tushib qolganini va uni yengish boʻyicha shaxsiy tajribasi haqida gapirdi.[8][9]

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Sarlavha Rol Til(lar) Izohlar
2011 Uyarthiru 420 Devatha Tamil Tamil tilidagi debyuti
Chitkabrey - The Shades of Grey Palak Grewal hind
2012 Thuppakki Shwetha Tamil
2013 Rangrezz Jasmine hind Bollivuddagi debyuti
Arrambam Deeksha Tamil
2014 Irumbu Kuthirai Herself "Pondicherry" qo'shig'idagi maxsus ko'rinishi
2017 Bogan Akshara
Sangili Bungili Kadhava Thorae Herself
Maayavan Vishma
2018 Premadalli Sapna Kannada Kannada debyuti
2019 Panchatantra Artha [10]
Manmadhudu 2 Akshara Telugu Telugu tilidagi debyuti [11]
2022 Idiot Neelagandi Tamil
Trivikrama Sakshi Kannada Suratga olinmoqda [12]
Soorpanagai Tamil/

Telugu

Tugallangan [13]
The Warriorr Telugu

Tamil

Suratga olinmoqda [14]
  1. „Akshara in Thuppakki“. The Times of India. 14-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2013-yil.
  2. „Chitkabrey - The Shades Of Grey“. Koimoi com. 13-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2019-yil.
  3. „Cinematographer Santosh Sivan's recommendation lands the newbie in Priyadarshan's film“. Mid-day.com. Qaraldi: 20-iyul 2013-yil.
  4. name="auto">„I can't believe I was linked with Yuvraj Singh“. The Times of India. 21-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2013-yil.
  5. „Akshara is Yuvraj Singh's lucky charm“. The Times of India. 16-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2013-yil.
  6. „Model Akshara Gowda clarifies link-up rumour with Yuvraj Singh“. Dnaindia.com. 11-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2013-yil.
  7. „I can't believe I was linked with Yuvraj Singh“. The Times of India. 21-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2013-yil.
  8. „I'm immune to negetive thoughts“. M.timesofindia.com. 8-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  9. „No shame in opening up“. Deccan Chronicle. 14-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-mart 2017-yil.
  10. „Akshara Gowda breaks jinx, to debut in Yogaraj Bhat's 'Panchatantra'“. The New Indian Express (2018-yil 11-sentyabr). 7-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  11. „Akshara Gowda marks her Telugu debut with 'Manmadhudu 2'“. Sify. 7-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  12. „Akshara Gowda bags Vikram Ravichandran's debut“. The Times of India (2019-yil 31-iyul). 15-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  13. Andrajyothy. „లింగుస్వామి-రామ్ సినిమాలో విలన్ భార్యగా ఎవరంటే?“ (te). chitrajyothy (3-avgust 2021-yil). 3-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.
  14. „RAPO19: Akshara Gowda to star opposite Aadhi Pinisetty in Ram Pothineni's bilingual film“ (en). PINKVILLA (2021-yil 31-iyul). 2022-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyun.