Aksiyalarning nazorat paketi
Qiyofa
Aksiyalarning nazorat paketi – aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyatida amaldagi hukmronlikni taʼminlaydigan aksiyalar miqdori; chiqarilgan aksiyalarning umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aksiyador jamiyatning yigʻilishida hal qiluvchi ovozga ega boʻlish huquqini beradi (bunda jami aksiyador kapitalning 51% ga emas, balki 20-30%, baʼzan undan ham kamroq hissaga ega bulishi kifoya). Aksiyalarning nazorat paketi p.ga egalik qilish amalda aksiyador jamiyatning xoʻjayini boʻlish, uning qolgan aʼzolari kapitalini boshqarish imkoniyatini beradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |