Kontent qismiga oʻtish

Aksuat ko‘li

Koordinatalari: 51°27′0.00″N 64°29′24.00″E / 51.4500000°N 64.4900000°E / 51.4500000; 64.4900000
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aksuat
51°27′0.00″N 64°29′24.00″E / 51.4500000°N 64.4900000°E / 51.4500000; 64.4900000
Ko‘lning 2022-yildagi surati.
Ko‘lning 2022-yildagi surati.
RegionTurgay Basin
Yuzasi50 (19 kvadrat milya) km²
Eng katta chuqurligi3 (9,8 fut) m

Aksuat (qozoqcha: Ақсуат; ruscha: Аксуат) – Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyatidagi shoʻr koʻl[1].

Aksuat – Qoʻstanay viloyati, Nauyrzim tumanidagi Toʻrgʻay havzasining markaziy sektoridagi dasht koʻl. Hozir Aksuad koʻl boʻyida hech kim yashamaydigan Naurzum qishlogʻi joylashgan va Naurzum qoʻriqxonasi uning nomi bilan ataladi[2]. Tumanning maʼmuriy markazi Karamendi shimoli-gʻarbdan taxminan 30 kilometr (19 milya) va Shili qishlogʻi koʻlning shimoliy tomonidan 15 kilometr (9,3 milya) shimoliy-sharqda joylashgan[3][1].

Geografiya Aksuat koʻli – shimolda Jarman koʻli va janubda Sarikoʻpa oraligʻida, Ishim daryosi vodiysida joylashgan koʻl. Aksuat koʻli sayoz va choʻzilgan koʻllar tizimi boʻlib, ikkita asosiy koʻldan Kichik Oqsuat va Katta Oqsuatdan iborat. Kichik Aksuat va katta Aksuat koʻllari uzunligi 700 metr (2300 fut) boʻlgan kanal bilan oʻzaro bogʻlangan. Koʻlga janubiy-gʻarbdan Qorasuv daryosi quyiladi. Koʻp qor yogʻgan yillarda asosan bahor faslida koʻlning suv sigʻimi 220 kvadrat kilometr (85 kvadrat milya) maydonga yetadi, ammo yoz mavsumida havoning nisbiy namligi pastligi hisobiga koʻl odatda bir qancha kichikroq, juda sayoz kichik koʻllarga boʻlinadi. Qurgʻoqchilik yillarida esa Aksuat koʻli butunlay qurib ketishi ham mumkin.

Noyabr oyining sovuq kunlarida koʻl muzlaydi, aprel oyida esa muz asta-sekin eriy boshlaydi va bundan soʻng Aksuat koʻlining Sohillari chuqurlashadi, koʻl tubi loyqalanadi. Aksuat koʻlining suvi minerallarning yuqori konsentratsiyasiga ega[4][3].

Aksuat koʻli Naurzum qoʻriqxonasi tarkibiga kiradi. Koʻl oq dumli qushboʻron, oddiy tilla koʻz va chuvalchang kabi katta miqdordagi suv qushlarini yashash joyiga aylangan. Hozirgi kunda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan "squacco heron" nomli qush kuzatiladi, ammo ular juda kam. Bundan tashqari ushbu koʻlda perch, roach va sazan baliq turlari ham mavjud.

  1. 1,0 1,1 „M-41 Topographic Chart (in Russian)“. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  2. Naurzum State Nature Reserve – BirdLife Data Zone
  3. 3,0 3,1 Aksuat Lake – BirdLife Data Zone
  4. Sites with great importance for the Siberian Crane