Kontent qismiga oʻtish

Aktam Xalmanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aktam Xalmanov
Tavalludi 1964-yil
Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Aktam Toshquvatovich Xalmanov (1964-yil, Past Dargʻom tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Aktam Xalmanov 1964-yilda Past Dargʻom tumanining „Burganli“ qishlogʻida tugʻilgan. 1981—1986-yillarda Samarqand davlat universitetining fizika fakultetinida oʻqigan[1]. 1986—2017-yillarda Samarqand davlat universitetida injener, kichik ilmiy xodim, ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, „Iqtidorli talabalar bilan ishlash“ boʻlimi boshligʻi, „Ilmiy boʻlim“ bosh metrologi, Rossiya Fanlar akademiyasiga qarashli geokimyo va analitik kimyo institutida stajyor-tadqiqotchi, Samarqand davlat universitetining anorganik kimyo kafedrasi aspiranti, fizikaviy kimyo va astrofizika kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan. 2018-yildan Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetining „Issiqlik-gazntaʼminoti, ventilyasiya va servis“ kafedrasi dotsenti[1].

Oilali, 5 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilda Toshkent davlat universitetida „Lazer ionlashtirish spektrometri yordamida tabiiy va maxsus toza mikroelektronikada qoʻllaniladigan moddalarni bevosita analiz qilish usularini yaratish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Samarqand davlat universiteti fizika fakultetining „Optika va spektroskopiya“ kafedrasida doktoranturani tugatgan va 2017-yilda Fizika-texnika institutida „Moddalarning turli fazoviy holatlarida ultirakichik kontsentratsiyali atomlarning oʻta sezgir lazer spektroskopiyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2018-yildan fizika-matematika fanlari doktori. 2023-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 110 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta monografiya, 5 ta uslubiy qoʻllanma, 1 ta oʻquv qoʻllanma muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.