Kontent qismiga oʻtish

Aktinometriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aktinometriya — meteorologiyaning atmosfera, quyosh va yer nurlanishini (radiatsiyasini) tabiiy sharoitda tadqiq qilish hamda radiatsiyani oʻlchash usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi boʻlimi. Vazifasi radiatsiyaning har xil turlarini oʻlchash, quyosh radiatsiyasining atmosferada yutilish, sochilish va qaytarilishi qonuniyatlarini tekshirish, shuningdek, atmosfera, yer osti va boshqa yuza hamda qatlamlarning radiatsiya balansini oʻrganish, xalq xoʻjaligida radiatsiyadan foydalanish usullarini ishlab chiqishdan iborat[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil