Aktinomikoz
Aktinomikoz (aktino… va yun. mykes — zamburugʻ) — turli nursimon zamburugʻlar — aktinomitsetlar kel-tirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Odamda kam uchraydi; koʻpincha hayvonlar (aksari qoramollar) kasallanadi. Aktinomikoz bilan asosan jagʻ va boʻgʻim sohasi, qorin boʻshligʻi aʼzolari, shuningdek oʻpka kasallanadi. A. paydo boʻlgan joyning tagi qattiq tortib, berchlashadi va madda yigʻib, bir qancha vaqtdan keyin yoriladi; bunda yaradan yopishqoq yiring oqib chiqadi; shu yiringda koʻpincha aktino-mitsetlar boʻladi. Yara bitib ketganidan keyin chandiq boʻlib qoladi. Aktinomikoz vaqtida davolanmasa. U badanning boshqa joylariga ham tarqalib ketishi mumkin. Zamonaviy davo usullari koʻpincha bemorning butunlay sogʻayib ketishiga imkon beradi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |