Aktiv choʻkmalar
Qiyofa
Aktiv choʻkmalar — radioaktiv yemirilish yoki yadro reaksiyasi natijasida tezlashgan radioaktiv atomlardan vujudga kelib, gaz fazasidan qattiq jismlar sirtiga oʻtirib qolgan zarrachalar toʻplami. Ularni tadqiq etish yo'li bilan zarralar qanday radioaktiv moddadan chiqqan bulsa, shular miqdorini aniqlash va oʻrganish mumkin, buni aktiv choʻkmalar usuli deyiladi. Undan atomning radioaktiv zarralar bilan ifloslanganligini bilishda va qisqa vaqtda barqaror boʻlib, radioaktiv zarralarga parchalanadigan izotoplarni oʻrganishda foydalaniladi. Radioaktiv izotoplar olishda ham ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |