Kontent qismiga oʻtish

Al-Abbos ibn Uboda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Abbos ibn Uboda
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 624-yil (hijriy 3-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi sahoba

Al-Abbos ibn Uboda (arabcha: بن عبادة العباس – Al-Abbos ibn Uboda ibn Nazla al-Ansoriy al-Xazrajiy) – sahoba.

Ansoriy sahobalardan boʻlib, birinchi va ikkinchi aqaba bay’atida ishtirok etgan. Ikkinchi aqabada xazrajliklarga qarata nutq soʻzlagan va ularga bay’atning mohiyati, bay’atdan keyin ulardan talab qilinuvchi ishlar haqida eslatgan. Ushbu bay’atdan keyin Madinaga qaytmay, Makkada paygʻambar bilan birga qoladi. Rasulullohdan bir oz oldin Madinaga hijrat qiladi. Shu bois „Madinalik muhojir“ degan nom bilan atalgan. Hijratdan soʻng muhojirlardan Usmon ibn Maz’un bilan birodar tutingan.

Al-Abbos ibn Uboda Badr jangida ishtirok etmagan, biroq Uhud jangida qatnashgan. Ushbu jangda musulmonlarning parokanda boʻlib, magʻlubiyatga uchrayotganini koʻrgach, ularni ruhlantiruvchi soʻzlarni aytib jangga kirgan va halok boʻlgan[1].

  • Ibn Hishom. As-Sӣra. – Qohira: 1955. II, 432, 446, 448, 464, 494;
  • Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. – Bayrut: 1968. I, 220, 223, 226;
  • Ibn al-Asir. Usd al-gʻāba. – Qohira. 1970-73. III, 163-164; Ibn Hajar. Al-Isāba. – Qohira: 1912. III, 630-631;
  • Nevzat Aşık. „Abbas b. Ubâde“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 29;
  • Alixontoʻra Sogʻuniy. Tarixi Muhammadiy. – T.: „Movarounnahr“, 2017. 107;
  • Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi. – T.: „Hilol-nashr“, 2017. I, 235.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.