Al-Azhom masjidi
Masjid | |
Al-Azhom masjidi
Masjid Raya Al-A'zhom | |
Al-Azhom masjidining kirish eshigi | |
Mamlakat | Indoneziya |
Shahar | Tangerang |
Koordinatalar | 6°10′11″S 106°38′20″E / 6.169842761698951°S 106.63901340250627°E |
Asosiy sana: 1997-2003[1]
| |
Hajmi | 15,000[1] |
Gumbazlar soni | 5 |
Gumbazlar soni | 5 |
Minoralar soni | 4 |
Minoralar soni | 4 |
Al-Azhom masjidi Vikiomborda |
Al-Azhom Katta masjidi (indonezcha: Masjid Raya Al-A'zhom) Indoneziyaning Banten hududidagi Tangerang shahrida joylashgan jamoat masjidi. 2003-yilda ochilgan bu masjid Banten provinsiyasidagi eng katta masjid va namozxonlar sigʻimi boʻyicha dunyodagi eng katta masjidlardan biri hisoblanadi.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu masjidga poydevor qoʻyish marosima 1997-yil 7-iyulda Tangerang meri Jakariya Machmud tomonidan amalga oshirilgan. Masjid Indoneziya Respublikasi Din ishlari boʻyicha vaziri Said Agil Husin al-Munavar tomonidan 2003-yil 28-fevralda ochilgan
Al-Azhom masjidi hududi erkak/ayol tahorat xonalari, mehrob va tayyorgarlik xonalari, erkak/ayol namozxonalari, oʻquv xonalari, kutubxona, ofis xonalari va masjid hovlisidan iborat. Tepadagi asosiy gumbaz atrofi 4 ta yarim doira gumbaz bilan oʻralgan. Ushbu meʼmoriy uygʻunlik tufayli gumbazni tutib turish uchun ustunlarga ehtiyoj qolmagan, bu esa ibodat maydonining keng koʻrinish namoyish etishini taʼminlaydi[2].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Gumbazlarning ichki ko'rinishi
-
Ichki ko'rinish
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 AL-AZHOM. Sistem Informasi Masjid. Retrieved July 21, 2021.
- ↑ 7 Fakta Masjid Raya Al Azhom, Kebanggaan Warga Tangerang. IDN Times. Retrieved July 21, 2021.