Kontent qismiga oʻtish

Al-Azim masjidi

Koordinatalari: 2°12′55″N 102°15′44″E / 2.21528°N 102.26222°E / 2.21528; 102.26222
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Azim masjidi
malaycha: Masjid Al-Azim
Al-Azim masjidi
Mamlakat  Malayziya
Hudud Malakka
Koordinatalar 2°12′55″N 102°15′44″E / 2.21528°N 102.26222°E / 2.21528; 102.26222
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Malay meʼmorchiligi
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Al-Azim masjidi namozxonasi

Al-Azim masjidi (malaycha: Masjid Al-Azim) – Malayziyadagi Malakka davlat masjidi. Bino Malakka umumiy kasalxonasi, Malakka al-Qur’on muzeyi va Davlat qahramonlari maqbarasi (malaycha: Makam Pahlawan Negeri) yonida joylashgan boʻlib, Tranquerah sobiq davlat masjidi oʻrnida qurilgan. Masjid 1990-yilning[1] 13-iyulida toʻqqizinchi Yang di-Pertuan Agong, Perak sultoni Azlan Shoh tomonidan rasman ochilgan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat masjidi Malakka masjidi meʼmorchiligi asosida bunyod etilgan. Masjidning ichki qismi yaratilishida ham mahalliy taʼsirni sezish mumkin. Inshoot dizaynini yaratishda mahalliy Malakka malay arxitekturasidan foydalanilgan. Aziz Tapa ismli meʼmor masjidda arxitektura ishlarini bajargan arboblardan biri hisoblanadi. Masjidda maʼruza zali, auditoriya, idoralar, kafe va muzey mavjud boʻlib, bir vaqtning oʻzida 12 000 namozxonni sigʻdira oladi[2].

  1. „MASJID AL AZIM (MASJID NEGERI)“. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.
  2. Leong. „GO: Melaka mosques“ (en). NST Online (2017-yil 1-iyun). Qaraldi: 2020-yil 17-mart.