Al-Bashiriya madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sidi al-Bashir tasviri tushurilgan qadimiy pochta kartasi.

Al-Bashiriya madrasasi (arabcha: المدرسة البشيرية) Tunis madinasidagi madrasalardan biri. Husayniylar sulolasi davrida qurilgan va zaviyaga biriktirilgan.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa Shayx Muhammad Al-Bashir Al-Zuaviy (arabcha: محمد البشير الزواوي) sharafiga nomlangan. U 1826-yili Tunisda vafot etgan muhim rahmoniy tariqat olimi.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tunisning Djellaz qabristonidagi Sidi al-Bashir maqbarasi koʻrinishi.

Madrasa Tunis madinasining janubiy chekkasida, Sidi al-Bashir koʻchasida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa Zouaua qabilasidan boʻlgan Rahmoniy tariqatiga ergashgan talabalarga taʼlim berish maqsadida qurilgan. U 1824 (hijriy 1240)-yilda Al-Husayn II ibn Mahmud tomonidan maqbara bilan qurilgan. Shayx al-Bashir vafotidan keyin uning oʻgʻli muassasani boshqargan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa yetti xona va bitta masjiddan iborat.

Rivoji[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tunis mustaqillikka erishgach, bu madrasa Sidi al-Bashir koʻchasidagi restavratsiya ishlari doirasida vayron qilingan.

Talabalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu madarsa talabalari orasida al-Bashir oʻqitgan tafsir darslarida (Qurʼon tafsirlari) shaxsan yordam bergan tarixchi Ahmad ibn Abi Diyaf ham bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mohamed Belkhodja. Tārīkh maʻālim al-tawḥīd fī al-qadīm wa-fī al-Jadīd (ar). Tunis: al-Maṭbaʻah al-Tūnisīyah, 1939.