Al-Fahlayn
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Al-Fahlayn الفحلين | |
---|---|
25°41′3″N 55°58′0″E / 25.68417°N 55.96667°E | |
Mamlakat | Birlashgan Arab Amirliklari |
Amirlik | Ras al-Xayma |
Markazi balandligi | 18 m |
|
Al-Fahlayn (arabcha: الفحلين) – Ras al-Xayma amirligidagi aholi punkti, anʼanaviy ravishda, asosan, Naqbiyin qabilasi aʼzolari istiqomat qiladi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubga tutashgan Xatt qishlogʻi bilan birgalikda al-Fahlayn qishlogʻi ham XIX asrdagi Ras al-Xayma hukmdori al-Qosimiy shayxligining bir qismini tashkil etgan va 1820 yilda inglizlar bilan umumiy dengiz shartnomasini imzolagan.
1819-yilda Bombeydan tashrif buyurgan bir qancha shaxslar tomonidan olib borilgsn ekspeditsiya paytida ingliz qoʻshinlari Ras al-Xaymani talon-taroj qilishdi va Hasan bin Rahma Britaniya garnizoni boʻlgan Ras al-Xayma shahrini berish toʻgʻrisidagi dastlabki kelishuvni imzoladi[2]. 1820-yilgi shartnomani „Sobiq Ras al-Xayma boʻlgan Hatt va Falna shayxi“ sifatida imzoladi. Hatt hozirgi Xatt, Falna esa Fahlayn shahri hisoblanadi.
Fahlayndagi masjid al-Badiya masjidi bilan taqqoslanadi va Ras al-Xaymadagi eng qadimgi masjid ekanligi aytiladi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, masjidning qurilgan davri XVIII asrga toʻgʻri keladi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Heard-Bey, Frauke. From Trucial States to United Arab Emirates : a society in transition. London: Motivate, 2005 — 75-bet. ISBN 1860631673. OCLC 64689681.
- ↑ Heard-Bey, Frauke. From Trucial States to United Arab Emirates : a society in transition. London: Motivate, 2005 — 284-bet. ISBN 1860631673. OCLC 64689681.
- ↑ Lancaster, William. Honour is in contentment : life before oil in Ras al-Khaimah (UAE) and some neighbouring regions. Berlin: De Gruyter, 2011 — 508-bet. ISBN 9783110223408. OCLC 763160662.