Kontent qismiga oʻtish

Al-Hadi (masjid)

Koordinatalari: 16°56′20.01″N 43°45′54.07″E / 16.9388917°N 43.7650194°E / 16.9388917; 43.7650194
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Hadi (Al-Imam Al-Hadi) masjidi
جَامِع ٱلْهَادِي
arabcha: جَامِع ٱلْإِمَام ٱلْهَادِي
Al-Hadi masjidi minorasi
Hudud Janubiy Arabiston / Yaqin Sharq / Gʻarbiy Osiyo
Joylashuvi Sado, Yaman
Koordinatalar 16°56′20.01″N 43°45′54.07″E / 16.9388917°N 43.7650194°E / 16.9388917; 43.7650194
Meʼmoriy uslub Islomiy arxitektura
Binokorlik ?—897
Minoralar soni 2 ta
Minoralar soni 2 ta
Minoralar balandligi 52 metr (171 fut)
Holati aktiv

Al-Imom Al-Hadi (arabcha: جَامِع ٱلْهَادِي)[1] yoki Al-Hadi masjidi (arabcha: جَامِع ٱلْإِمَام ٱلْهَادِي) – Yamanda joylashgan qadimiy Sado shahrida qad rostlagan tarixiy islomiy obidlardan biri. Ushbu bino shaharning gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, taxminan milodiy 897-yillar atrofida qurilgan. Yaman imomlari uni saltanat asoschisi Imom Yahyo Bin Al-Husayn sharafiga nomlashgan. Masjid Arabiston yarim orolida istiqomat qiluvchi Zaydiylar mazhabi taʼlimoti uchun eng qadimiy joylardan biri hisoblanadi.

Al-Hadi masjidi tuzilish jihatdan oʻziga oʻxshash boʻlgan Farvo ibn Masik va Sano masjidlaridan keyingi minora bilan birga qurilgan Yamandagi uchinchi masjiddir. U, shuningdek, muhojirunlarning uylariga tutashgan eng qadimgi masjid sifatida tavsiflanadi. 2015-yilning 9-may sanasida masjidga Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan hujum uyushtirilib, jiddiy zarar yetkazilgan[1].

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid markazda joylashgan, atrofi toʻrtta yo‘lak bilan oʻralgan keng hovliga ega boʻlib, uning pastga qarab tushiluvchi qismi qibla yoʻlagi hisoblanadi. Namozxonlar binoga oʻn uchta eshik orqali kirishlari mumkin. Ulardan ikkitasi asosiy darvoza tavsiflangan holda minora hovlisida qad rostlagan. Ushbu eshiklardan biri Yamandagi eng baland darvozalardan hisoblalib, balandligi 52 metrni tashkil etadi. Ikkinchi baland darvoza esa hovlining janubiy qismida boʻy choʻzgan[2]. Majmuaning fasad qismi turli meʼmoriy uslublar taʼsirida mohirona uslubda bezalgan. Shuningdek, koʻplab qabr toshlariga oʻyib yozilgan yozuvlar Yamanning islom davridagi xattotlari ijodi, qobiliyati va mahoratini aks ettiradi. Masjid devorlarining geometrik, gulli va yozuvli bezaklari xattotlar tomonidan beqiyos mukammallik asosida tasvirlangan.

  1. 1,0 1,1 Noah, Browning; الغباري, محمد. „التاريخ.. ضحية من ضحايا حرب اليمن“ (arabcha). Reuters Arabic (14-may 2015-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyul 2017-yil.
  2. Yemen NIC