Kontent qismiga oʻtish

Al-Isoba fi tamyiz as-sahoba

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Al-Isoba fi tamyiz as-sahoba” (arab. الإصابة في تمييز الصحابة) – Ibn Hajar Asqaloniyning sahobalar hayotiga doir asari. Kitob Muhammad alayhissalom bilan uchrashgan va o‘sha davrda yashagan sahobalarning hikoyalarini bayon qiladi.

Xuddi shu mavzuda ilgari yozilgan ba’zi kitoblar mazmun jihatidan yetarli emasligini aytgan Ibn Hajar 809 (1406) yilda asarni yozishga kirishgan. Qoralama ustida uch marta ishlab, bu kitobni qirq yil ichida yozib tugatgan. Asar muqaddimasida sahobalar haqida ma’lumot berilib, kimlarni sahoba deb atash mavzusiga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Kitobda takrorlar bilan birga jami 12 mingdan ortiq tarjimai hol mavjud..[1][2]

  1. Team, IslamiEducation „al-Isabah fi tamyiz-is-sahabah - Ibn Hajr Asqalani“ (en-US). IslamiEducation (2009-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  2. Ibn Ḥajar al-ʻAsqalānī, Aḥmad ibn ʻAlī; Abdul Hai; Sprenger, Aloys; Wajīh, Muhammad.. Kitab al-isabah fi tamyiz al-sahabah., A biographical dictionary of persons who knew Mohammad..