Al-Jadid madrasasi
Al-Jadid madrasasi (arabcha: مدرسة الجديد) — Tunis medinasidagi madrasalardan biri.
Usmonli Tunisida qurilgan, Madinaning tarixiy yodgorliklaridan biri sanaladi. 1922-yil 25-yanvarda chiqarilgan qaror bilan meros obidasiga aylantirilgan[1].
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu madrasa Tunis madinasining Es Sabbaghine koʻchasida (29-uy) joylashgan. Al-Jadid masjidi mazkur inshootning bir qismi hisoblanadi.
U talabalar uchun moʻljallangan oʻn besh xonadan iborat boʻlib, yuqori qavatida Al-Yusefiya madrasasi joylashgan.
-
Kirish eshigi ustidagi yozuv
-
Madrasa hovlisi
-
Xonalar eshiklari
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Jadid madrasasi — Husaynlar sulolasining birinchi beyi Al-Husayn ibn Ali davrida qurilgan toʻrt madrasadan biridir.
Unga 1717-yilda (hijriy 1130-yilda) asos solingan va al-Jadid masjidi yaqinida joylashgani uchun al-Jadid nomini olgan.
Ahmed Bernez (1664-1726) madrasada dars bergan birinchi olimlardan biridir.
1930-yilda bu yerda 44 ta talaba taʼlim olgan, lekin madrasa sigʻimi 20 nafar talaba bilan cheklangan edi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Décret du 25 janvier 1922 (26 djoumadi-el-aoual 1340)“ (fr). docartis.com. Qaraldi: 2016-yil 10-aprel.