Al-Jamiya al-Islomiya Obaidiya Nanupur
Qiyofa
Asos solingan sanasi | 1958 (hijriy 1379)-yil |
---|---|
Rektori | Mavlono Salohiddin[1] |
Fakultetlar | 135 (2018-yil) |
Talabalari | 8000 (2018-yil) |
Manzili |
Nanupur,[2] Fatikchhari, , Chittagong , Bangladesh |
Veb-sayti | jamiaislamiaobaidia.com |
Jamiya Islomiya Obaidiya Nanupur (arabcha: الجامعة الإسلامية العبيدية نانوفور), xalq orasida Nanupur madrasasi (bengalcha: নানুপুর মাদ্রাসা) nomi bilan mashhur boʻlgan Qavmiy madrasasidir[3][4]. Jamiya 1958-yilda Shoh Sulton Ahmad Nanupuriy tomonidan tashkil etilgan. U Bangladeshning Fatikchhari shahridagi Nanupur hududida joylashgan. Muassasada hozirda 5000 nafar oʻquvchi 80 nafar malakali oʻqituvchilardan turli fanlar boʻyicha taʼlim oladi.
Taʼlim darajalari va boʻlimlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi vaqtda Jamiyada quyidagi taʼlim darajalari va boʻlimlari mavjud:
- Ibtedayi yoki Boshlangʻich bosqich: Bu yerda talabalarga asosiy islomiy bilimlar bilan birga tillar boʻyicha asosiy bilimlar ham oʻrgatiladi. Bu bosqichda Qur’on tilovati boʻyicha tahsil olinadi.
- Hifzul Qur’on (Qur’on yodlash): Talabalarga Qur’onni tajvid (talaffuz) bilan yod olish oʻrgatiladi.
- Olim yoki Bitiruv kursi: Nahu-Sarf, Sirot-un-Nabi, Fiqh, Usul al-fiqh, Arab tili grammatikasi, arab adabiyoti, mantiq, Hadis, tafsir, islom tarixi, va fors sheʼriyati oʻrgatiladi.
- Davra yoki aspirantura darajasi: Oltita asosiy hadis kitoblari: Buxoriy Sharif, Muslim Sharif, Abu Dovud Sharif, Termiziy Sharif, Nasoiy Sharif va Ibn Moja asosida oʻqitiladi.
- Mutaxassislik (aspiranturadan keyingi):
- Tafsir boʻlimi (Qur’oni karim tafsiri)
- Tajvid (talaffuz) va qiroat boʻlimi
- Fatvo boʻlimi (Dorul-ifta)
- Hadis boʻlimi (Takassus fil Hadis)
- Fiqh (Islom huquqshunosligi) boʻlimi
- Arab adabiyoti kafedrasi
- Mutafarrika boʻlimi (qisqa kurs): Bu boʻlim baʼzi oliy oʻquv yurtlari yoki kollejlarni tamomlagan va keyin islomiy ilmlarni oʻrganishni xohlovchilar uchun maxsus tashkillashtirilgan.
- Nashr boʻlimi: Muassasa oʻzining oylik jurnalini, ilmiy taqvim va boshqalarni shu boʻlim qoshida nashr etadi.
Bundan tashqari, taʼlim yurtida talabalarga bengal tili, ingliz tili[5], matematika, qoʻlda yozish va professional tarzda kompyuter oʻrganish kabi turli fanlar boʻyicha zamonaviy taʼlim ham beriladi.
Al Manahil farovonlik fondi Bangladesh
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asosiy maqola: Al-Manahil farovonlik fondi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ uddin, Moyn. „bn:ফটিকছড়ি ইসলামী আইন বাস্তবায়ন কমিটির কাউন্সিল সম্পন্ন - আলোকিত রাউজান“ (bn). আলোকিত রাউজান (2017-yil 16-oktyabr). 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
- ↑ „Nanupur Obaidia Madrasah“. Wikimapia.org. Qaraldi: 2014-yil 20-avgust.
- ↑ „Naazra & Hifz Course Instructors“. Darul Uloom New York. 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
- ↑ „মাওলানা শাহ জমির উদ্দিন নানুপুরী রাহ.“ (bn). Monthly Alkawsar. Qaraldi: 2017-yil 12-dekabr.
- ↑ „Success of English language in Bangladesh rec“. Scribd.com. Qaraldi: 2014-yil 20-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dunyo boʻylab Dorul Ulum, Jamiya va Qavmiy madrasalar madrasalari[1]