Kontent qismiga oʻtish

Al-Janad masjidi

Koordinatalari: 13°40′7.2″N 44°9′59.2″E / 13.668667°N 44.166444°E / 13.668667; 44.166444
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Al-Janad masjidi
arabcha: جامع الجند
Mamlakat  Yaman
Shahar Taiz
Koordinatalar 13°40′7.2″N 44°9′59.2″E / 13.668667°N 44.166444°E / 13.668667; 44.166444
Meʼmoriy uslub islom arxitekturasi
Asosiy sana:
7-asr
Holati faol

Al-Janad masjidi (arabcha: جامع الجند) qadimiy masjid boʻlib, Yamanning Taiz shahridan 20 km janubi-gʻarbda joylashgan. U Yamanda saqlanib qolgan eng qadimgi va islomning dastlabki davrlarida qurilgan ilk masjid oʻlaroq qabul etilgan. Masjid Muoz ibn Jabal tomonidan tashkil etilgan boʻlib, u Islom paygʻambari Muhammad tomonidan Yamanga oʻz xalqi va dinga oid qoidalarni va shariat muvofiq ravishda yashashni oʻrgatishi uchun, hijriy 6-yilda (milodiy 628-yilda) yuborilgan[1]. Bu Taiz viloyatidagi eng muhim diniy maskanlardan biridir. U Muoz masjidi sifatida ham tanilgan[2].

Muoz ibn Jabal masjidni rajab (Islom taqvimining yettinchi oyi) oyining birinchi jumasida viloyat askarlari bilan uchrashgandan soʻng qurdirgan. Oʻshandan buyon odamlar har kuni Rajab oyining birinchi juma kuni namoz oʻqish va boshqa diniy marosimlarni oʻtkazish uchun masjidga borib bayram oʻtkazmoqda. Masjid yillar davomida koʻp marta taʼmirlangan va qayta tiklangan. Al-Husayn ibn Salama masjidni 896-981-yillarda qayta qurgan. Masjidda qurilish ishlarini Sulayhidlar sulolasining mahalliy hokimi ham amaga oshirganligi aytiladi. U 1137-yilda Mehdi bin Ali bin Mahdi al-Ray al-Humeyriy davrida vayron qilingan, keyin Ayyubiylar hukmdori Sayfiddin Otabek 1154-yilda binoni tiklab, unga janubiy va yon yoʻlaklarni, hamda sahn (hovli) qoʻshgan. Sulton al-Nosir Ayyub 1206-yilda uning shiftini gips bilan qoplattirgan. Shift oltin va lojuvard bilan bezaklangan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi masjid toʻrtburchak shaklida boʻlib, kengligi 65,5 x 43 kvadrat metrni tashkil qiladi. U 144 ta tishli balkoni bor devor bilan oʻralgan. Uning umumiy sxemasi taxminan 2 m boʻlgan kvadrat ustunli ochiq sahndan (35,5 x 25,5 m) iborat. Majmua toʻrtta koʻrfazdan iborat boʻlib, qibla devori orasiga ikkita mehrob oʻrnatilgan. U bezak va oʻymakorlikka boy badiiy durdona asar sanaladi. Minora janubi-gʻarbiy burchakning bir qismini egallaydi va silindrsimon pastki qismdan iborat boʻlib, tepasi sakkizburchak shakliga ega, uning eng yuqorisi olti burchak shakliga oʻtib, gminora tomi gumbaz bilan qoplangan. Minora yonida Sulton Amir ibn Abdulvahob nomi bilan yozilgan tosh lavha va boshqa lavhalar bilan bir qatorda, bu masjidda turli tarixiy davrlarda amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari qayd etilgan.

Masjid yil davomida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq turadi.

  1. Ahmad al-Sawi جامع الجند في اليمن
  2. „جامع الجند بتعز ........... اثر ديني مهم“. 2016-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-iyul.