Kontent qismiga oʻtish

Johiz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Al-Johizdan yoʻnaltirildi)

Johiz, al-Johiz Abu Usmon Amir ibn Baxr (taxminan 767Basra868) — arab mutafakkiri, yozuvchi. Moʻʼtaziliylar nazariyotchilaridan biri. "Aljohiziya" deb nom olgan ilohiyot maktabiga asos solgan. Yunon tabiat falsafasi gʻoyalari taʼsirida moddaning abadiyligi va xususiyatlarining doimiy oʻzgarib turishi haqidagi fikrlarni bayon qilgan. J. tirik va noorganik jismlar oʻziga xos tabiiy xususiyatlarga ega, deb hisoblaydi. U insonning iroda erkinligini tabiiy intilish sifatida talqin etgan. 100 dan ortiq falsafiy asarlar va badiiy toʻplamlar muallifi. Bular orasida "Olibsotarlar haqida kitob" hajviy novellalar toʻplami, stilistika va ritorikaga oid "Joylashtirish va isbotlash kitobi", tarixiy-siyosiy mazmundagi "Arablar va ularning mijozlari haqida kitob" risolalari mashhur. Ularda oʻrta asr arab Sharqi shaharlari aholisining shaxsiy va ijtimoiy hayoti, urf-odati, axloqi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. J. asarlarida kichik hikoyalar, sheʼrlar, ertaklar bor. J. arab adabiyoti, xususan, adab janri taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil