Kontent qismiga oʻtish

Al-Mavzuot al-kubro

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Mavzuot al-kubro
Muallif(lar) Ibn al-Javziy
Til Arabcha
Janr(lar)i Hadis to‘plami

“Al-Mavzuot al-kubro” (arab. الموضوعات الكبرى, to‘qima hadislarning buyuk toʻplami) – Abul-Faraj ibn al-Javziy (vaf. 1201) tanqid qilish uchun toʻplagan uydirma hadislar toʻplami.

Kitob hadis sifatida keltirilgan, muallif tomonidan toʻqima (mavzu) deb e’lon qilingan rivoyatlardan iborat boʻlib, mavzu boʻyicha tartiblangan. U soʻnggi nashrda berilgan raqamlash boʻyicha taxminan 1847 rivoyatdan iborat boʻlib, hozirda qoʻshimcha ma’lumot beruvchi koʻplab izohlar bilan toʻrt jildda nashr etilgan.

Navaviy (vaf. 1277) kitobni mavzu deb e’lon qilib boʻlmaydigan koʻplab hadislarni oʻz ichiga olganligi uchun tanqid qilgan. Ulardan ba’zilari, Suyutiyga koʻra, zaif, hasan va hatto sahihdir. Ibn Hajar Asqaloniy (vaf. 1449) esa, bu kitobda aslida, uydirma ekanligi aniq boʻlgan va haqiqatda toʻqima deb tanqid qilingan rivoyatlar nisbatan juda kam, deb taʼkidlaydi[1].

  1. الرازحي, علي بن أحمد. التيسير لمعرفة المشهور من أسانيد وكتب التفسير. Sana', Yemen: Dar Alathar, 2007 — 208-bet.