Kontent qismiga oʻtish

Al-Muzaffar al-Voroniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Muzaffar al-Voroniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1163-yil (hijriy 558-yil)
Vafoti milodiy 1124-yil (hijriy 621-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi usul al-fiqh faqihi

(Aminuddin) al-Muzaffar ibn Abulxayr ibn Ismoil al-Voroniy at-Tabriziy ash-Shofiʼiy (hijriy 558-yil (milodiy 1163-yil)da tugʻilib, 621-yil (milodiy 1124-yil)da vafot etgan) — usul al-fiqh faqihi boʻlgan, Mosul va Bag‘dodda fiqh ilmini oʻrgangan. Bagʻdoddagi madrasada mudarris yordamchisi boʻlib ishlagan. Fatvolar chiqargan, munozaralar oʻtkazgan, hadislar eshitib, ularni oʻrgangan, kitoblar tasnif qilgan.

  • ar-Roziyningal-Mahsul fi usuli-l-fiqh“ („Usul al-fiqh boʻyicha toʻplangan xulosa“) asariga uch jildli muxtasar asar yozib, uni „at-Tanqih simti-l-masoili-l-fiqhiya“ („Fiqhiy masalalarning durdonalarini qayta koʻrib chiqish“) deb atagan;
  • Muxtasaru-t-Tabriziy fi furuʼi-l-fiqhi-sh-shofiʼiy“ („Shofiʼiy mazhabi furuʼal-fiqhiga Tabriziyning muxtasari“)[1].
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 110-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.