Kontent qismiga oʻtish

Al-Najoshiy masjidi

Koordinatalari: 13°52′32.0″N 39°35′55.3″E / 13.875556°N 39.598694°E / 13.875556; 39.598694
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Al-Najoshiy masjidi
arabcha: مَسْجِد ٱلنَّجَاشِي
Mamlakat  Efiopiya
Koordinatalar 13°52′32.0″N 39°35′55.3″E / 13.875556°N 39.598694°E / 13.875556; 39.598694
Asosiy sana:
milodiy 615-yildan keyin
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1


Al-Najoshiy masjidi (arabcha: مَسْجِد ٱلنَّجَاشِي) — Efiopiyaning Tigray mintaqasi Negash shahridagi masjid.

Masjid milodiy 615-yildan keyin, Najoshiy davrida birinchi musulmonlar Habashistonga koʻchib kelgani aytilgan paytda tashkil etilgan[1][ yaxshiroq manba kerak]. Shu sababli ham Najoshiy nomi bilan atalgan[2].

2018-yilda masjid Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi mablagʻlari hisobidan taʼmirlangan. Masjid binosi atrofida turar joy, ziyoratchilar markazi va hojatxonalar qurilgan. Taʼmirlash 2018-yil sentyabr oyida yakunlangan[3].

2021-yilda masjid Tigray urushi paytidagi janglar natijasida vayron boʻlgan[4][5]. Minora vayron boʻlgan, gumbaz qisman qulagan, fasadi ham toʻliq toʻkilib tushgan[6]. Koʻp oʻtmay, Efiopiya hukumati binoni taʼmirlashga vaʼda bergan.

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid majmuasi tarkibida asosiy masjid binosi orqasidagi qabr mavjud[7]. Efiopiyaga Islomni olib kelgan birinchi muhojirlarning 15 ta qabri bor[8].

  1. Hagos, Tsegay. „Africa's First Mosque Seeks Unesco's Recognition“. All Africa (2021-yil 29-aprel). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  2. „The untold story of King Negash and the al Nejashi Mosque“. Oman Observer (2019-yil 18-iyul).
  3. Awel, Munira Abdelmenan. „Turkey restores historic Al-Nejashi mosque in Ethiopia“. All Africa (2018-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  4. „Tigray crisis: Ethiopia to repair al-Nejashi mosque“. BBC News (2021-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  5. AFP. „Heritage sites under siege in Ethiopia's Tigray war“. Africa News (2021-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  6. Zelalem, Zecharias. „Ethiopia conflict: Outrage over damage to Tigray mosque“. Middle East Eye (2021-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  7. „The untold story of King Negash and the Al Nejashi Mosque“. Oman Observer (2019-yil 18-iyul). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
  8. Elsayed, Yassmine. „Iconic Nejashi Mosque in Tigray Partially Damaged during Conflict“. See News (2021-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.