Kontent qismiga oʻtish

Al-Rashidiya

Koordinatalari: 25°13′39″N 55°23′29″E / 25.22750°N 55.39139°E / 25.22750; 55.39139
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Al-Rashidiya

الراشدية
Turar-joy hududi
25°13′39″N 55°23′29″E / 25.22750°N 55.39139°E / 25.22750; 55.39139
Mamlakat Birlashgan Arab Amirliklari
Amirlik Dubay
Shahar Dubay
Maydon 4.41 km2 (1.70 kv mi)
Aholisi
 (2000)
22,326
Zichligi auto kishi/km2
Al-Rashidiya xaritada
Al-Rashidiya
Al-Rashidiya

Al-Rashidiya (arabcha: الراشدية) – Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Dubay shahrida joylashgan turar-joy hududi. Al-Rashidiya Dubayning sharqiy mintaqasi Deyra tumanidagi Dubay xalqaro aeroportining[1] janubiy qismida joylashgan.

Al-Rashidiya shimolda Dubay xalqaro aeroporti, gʻarbda Umm Ramul, janubda Nad al-Shamma va sharqda Mirdif hududlari bilan chegaradosh. Al-Rashidiyadagi mahalliy yoʻllar Gippodam tizimiga amal qiladi, juft sonli yoʻllar shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga, toq sonli yoʻllar shimoli-gʻarbdan janubi-sharqga oʻtadi.

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Rashidiyadagi muhim diqqatga sazovor joylarga al-Rashidiya bogʻi, Nad shamma bogʻi, Rashidiya Katta masjidi va Bin Sougat savdo markazi kiradi. Al-Rashidiya amirlikning nisbatan boy mahallasi hisoblanib, turli villalar va hashamatli shahar uylari bilan ajralib turadi. Al-Rashidiyani al-Qusays bilan bogʻlovchi Dubay aeroporti tunneli qurilgan vaqtda Oʻrta Sharqdagi eng uzun tunnel boʻlgan. Tunnelning uzunligi 1.6 km (0.99 mi) boʻlib, qurilish ishlari uchun 686 million dirham (190 million AQSh dollari) sarflangan.

  1. „AL RASHIDIYA, DUBAI“. Qaraldi: 29-yanvar, 2024-yil.