Al-Shuaybiya masjidi
Masjid | |
Al-Shuaybiya masjidi
جَامِع الشُّعَيْبِيَّة | |
Mamlakat | Suriya |
Hudud | Levant |
Shahar | Halab |
Koordinatalar | 36°11′58″N 37°09′10″E / 36.199331°N 37.152738°E |
Asosiy sana: 637-yil
| |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | tosh |
Al-Shuaybiya masjidi Vikiomborda |
Al-Shuaybiya masjidi (arabcha: جَامِع الشُّعَيْبِيَّة) al-Omariy nomi bilan ham tanilgan (arabcha: الْجَامِع الْعُمَرِي), at-Tuteh (arabcha: جَامِع التُّوتَة) va al-Atras masjidi (arabcha: جَامِع الْأَتْرَاس), Suriyaning Halab shahridagi eng qadimgi masjiddir. 637-yilda qurilgan bu inshoot Levantdagi eng qadimiy masjidlardan biridir. U qadimiy Halab shahrining gʻarbiy qismida, shaharning tarixiy devorlari orasida, Antioxiya darvozasi yaqinida joylashgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]637-yilda Abu Ubayda ibn al-Jarrah boshchiligida Halab arablar qoʻliga oʻtgandan soʻng Antioxiya darvozasi yaqinida Al-Shuaybiya masjidi qurilgan. U bir paytlar dekumanusning boshlanishini belgilagan qadimgi Rim zafar arkini oʻz ichiga olgan.
Taʼmirlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 10-asrda shialardan boʻlgan Abu Hasan al-Gʻadairiy tomonidan taʼmirlangan[1]. 1150-yillarda zangiy hukmdori Nuriddin uni qayta taʼmirlab, shia masjididan Shayx Shuayb uchun Shofiʼiy madrasasiga aylantirgan[1]. U 12-asrga oid koʻplab kufiy yozuvlaribilan bezatilgan fasadi bilan mashhur[1]. Toʻrtburchak shaklidagi qisqa minora islom meʼmorchiligi tarixidagi eng qadimgi dizaynlarni aks ettiradi. Masjid 1401-yilda yana taʼmirlangan.
Zamonaviy davrda masjid 1980 va 1990-yillarda taʼmirlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Raby, Julian (2004). "Nur Al-Din, the Qstal al-Shu-aybiyya, and the "Classical Revival"". Muqarnas: Essays in Honor of J.M. Rogers (Brill) 21.