Al-Xaziniy
Al-Xaziniy | |
---|---|
Tavalludi |
Al-Xazininy Saljuqiylar imperiyasi |
Vafoti |
12-asr |
Fuqaroligi | Saljuqiylar imperiyasi |
Sohasi | astronomiya, matematika |
Abu al-Fath Abdulrahmon Mansur al-Xaziniy yoki al-Xaziniy (asosiy ijodi 1115–1130 yillarga toʻgʻri keladi). Saljuqiylar imperiyasi davrida ijod qilgan eronlik[1][2] astronom[3]. Uning astronomik jadvali Sulton Sanjar homiyligi ostida yozilgan boʻlib, oʻrta asrlarning matematik va astronomiyadagi eng katta ishlaridan biri hisoblanadi[4]. U bir qancha qoʻzgʻalmas yulduzlarning oʻrnini aniqladi, shuningdek, oʻzi istiqomat qiluvchi Marv uchun kenglik va vaqt tenglamalarini taqdim qildi[4]. Shuningdek, u turli taqvimlar ustida ham ishladi va oʻz oʻzgartirishlarini kiritdi[4]. U tarozi va Arximed qonuni haqidagi ensiklopediya muallifi ham sanaladi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xazininy Xurosonning eng katta shaxarlaridan biri Marvda ozod qilinga qul edi[5]. U oʻz ismini marvlik boylardan boʻlgan oʻzining xoʻjayini Abul Husayn Ali ibn Muhammad al-Xazin al-Mavriziydan olgandi[4]. Xazin islom davridan beri „xazinaning asl egasi“ maʼnosida qoʻllanib kelinar edi[6]. Uning xoʻjayini taʼlimi uchun taʼminot ajratib berdi[4]. Baʼzilar Xaziniyni Umar Xayyom oʻquvchisi deb ishonishgan[7]. U Xayyom haqida, shuningdek uning suv bosimi haqidagi ishlari haqida yozadi[8]. Baʼzi maʼlumotlarda uning 1079-yilgi Eron kalendarining qayta tuzilishida Xayyom bilan ishlagani keltirilgan.
Xaziniy kamtarligi bilan ham mashhur edi. U oʻz asarlari uchun berilgan minglab dinordan ham voz kechgan, chunki uning uyida faqatgina u va uning mushugi yashardi, xolos[4]. Xaziniy islom davrida astronomiyaga oid tadqiqotlar qilgan yigirma dona olimdan biri edi[4]. Uning asarlari XIV asrda Vizantiyaga yetib bordi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xaziniy Sanjar ibn Malikshoh va saljuqiy sultonlari davrda yuqori lavozimlarda ishlagan. U oʻzining koʻp ishlarini kutubxonalari bilan mashhur shahar boʻlmish Marvda amalga oshirgan[4]. Uning eng mashhur asarlari „Hikmatlar tarozisi“, „Astronomik hikmatlar haqida risola“ va „Sanjar uchun astronomik jadval“ hisoblanadi[4].
„Hikmatlar tarozisi kitobi“ oʻrta asrlar mexanika va gidrostatikasi haqida yozilgan ensiklopedik asar boʻlib, 8 ta kitob va 55 ta bobni oʻz ichiga oladi[4]. U gidrostatik muvozanat, statika va gidrostatika ortida qanday sirlar borligi haqidagi izlanish boʻlib, bu mavzuga tegishli boʻlmagan ba'zi mavzularni ham qamrab olgan[4]. „Hikmatlar tarozisi kitobi“ning hozirgacha saqlanib qolgan toʻrt xil qoʻlyozmasi mavjud[4]. Sanjarning xazinasi uchun Xaziniy tomonidan yasalgan tarozi avvalgi al-Asfizariy tomonidan tayyorlangan tarozining takomillashgan koʻrinishi edi[4]. Sanjarning xazinaboni Al-Asfizariyning tarozisini sindirib qoʻygan edi[4].Xaziniy oʻzi yaratgan tarozini Asfizariyga hurmat saqlagan holda „birlashgan tarozi“ deb nomladi[4]. Tarozining tub mohiyati „toʻgʻri adolat muvozanati“ edi[4]. Tarozining vazifasi xazinabonga qaysi metallar qadrli yoxud qaysi qimmatbaho toshlar asl yoki soxta ekanligini aniqlashda yordam berishdan iborat edi[4]. Oʻz kitobida Xaziniy Qurʼondan koʻplab parchalar keltirib, uning tarozisi diniy qoidalarga mos kelishini aytib oʻtadi[4]. Xaziniy oʻzining tarozisini ijobiy jihatlarini gapirar ekan, uni „tajribali hunarmand“ sifatida tasvirlaydi, yaʼni u ham nazariy, ham amaliy aniqlikda ishlaydi[4].
„Astronomik hikmatlar haqida risola“ asari nisbatan kichgina kitob[4]. U yetti qismdan iborat va har bir qism turli ilmiy moslamalarga bagʻishlangan[4]. Risola har bir moslamani tasvirlab, uning ishlatilishini tushuntiradi[4].
Sulton Sanjarga bagʻishlangan „Sanjar uchun astronomik jadval“ asarida Sulton Sanjarning Marv boshqaruvchisi ekanligi aytilib, uning yasagan tarozisi Sanjarning xazinasi uchun ekanligi keltirilgan[4]. Asardagi jadvallar turli bayramlar va aniq maʼlumotlarni oʻzida mujassamlashtiradi[4]. Jadvalda 43 ta turli yulduzlarning uzunlik va kenglik koordinatalari keltirilgan[4]. Aytilishicha, Xaziniyning izlanishlari Marvda amalga oshirilgan boʻlib, uning oʻlchovlari yuqori sifatli qurilmalar yordamida, turli rasadxonalarda olingan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Winter, H. J. J. „PERSIAN SCIENCE IN SAFAVID TIMES“ (en). The Cambridge History of Iran (1986-yil fevral).
- ↑ „پژوهشهای ایرانی | سرنوشت خازنی: داستان غم انگیز دانشمندان ایران“ (fa-IR). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
- ↑ Durant, Will; Durant, Ariel. The Story of Civilization: The Age of Faith. Simon & Schuster, 2011 — 352-bet. ISBN 9781451647617.
- ↑ 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 4,14 4,15 4,16 4,17 4,18 4,19 4,20 4,21 4,22 4,23 4,24 4,25 Al-Khāzinī, Abu'l-Fath 'Abd Al-Raḥmān [Sometimes Abū Manṣūr ' Abd Al-Raḥmān or 'Abd Al-Rahmān Manṣūr]., Complete Dictionary of Scientific Biography., 2008, 335–351-bet
- ↑ Meyerhof, M. (1948). 'Alī al-Bayhaqī's Tatimmat Siwān al-Hikma: A Biographical Work on Learned Men of the Islam. Osiris, 8, 122-217.
- ↑ Floor, Willem „kazinadar“. Encyclopædia Iranica. Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
- ↑ Rosenfeld, B. (1994), Book reviews: Middle ages & renaissance., Journal of the History of Science in Society, 85(4), 686-bet
- ↑ Meyerhof, M. (1948). 'Alī al-Bayhaqī's Tatimmat Siwān al-Hikma: A Biographical Work on Learned Men of the Islam. Osiris, 8, 122-217.