Al-ahmar masjidi
Qiyofa
Al-ahmar masjidi — Qohiradagi fotimiylar davri meʼmo-riy va amaliy bezak san’ati yodgorligi (1125). Hovli (10x10 m) atrofidagi gum-bazli binolar oldi ravoqlar qatori bilan oʻralgan. Bosh tarzi ravoqlari, mehrobi, tosh oʻymakorligida ishlangan hoshiyasida girih va islimiy boʻrtma naqshlarning serhasham namunalari saqlangan. Saroy eshigidagi islimiy naqshlar tas-viriy mazmun (ov sahnasi, sozanda va raqqosalar, qush va jonivorlar tasviri) bilan uygʻunlashib ketgan. Masjiddagi oʻymakori naqshlar nihoyatda serhasham[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |