Kontent qismiga oʻtish

Al-jabr val-muqobala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kitobning birinchi sahifasi
Ikki kvadrat tenglamaning geometrik yechimlari ko'rsatilgan kitobning 14-asr arabcha nusxasi sahifalari

"Al-jabr val-Muqobala" (arab.) — Sharqda (keyinchalik Gʻarbda ham) mashhur matematik risola. Al-Xorazmiy yozib qoldirgan ilmiy yodgorlik. Asarda ikkinchi darajali va chiziqli tenglamalar tasnifi, ularni yechish yoʻllari berilgan, geometrik va algebraik munosabatlar orasidagi bogʻlanishlar bayon etilgan, umumiy qoidalar ifodalangan. Asarda meros taqsimlashga oid boʻlim ham bor. Aslida arab tilida yozilgan. Kitob nomidagi "al-jabr" soʻzidan "algebra" soʻzi kelib chiqqan. "Aljabr" soʻzi Yevropaga gʻarbiy arablar orqali oʻtgan. Gʻarbiy arablar "j" ni "g" deb talaffuz qiladilar. Shu yoʻsinda "aljabr" Yevropada va keyinchalik yer yuzining hamma joyida "algebra" deb yuritiladigan boʻldi. Uning 1342-yil koʻchirilgan arab tilidagi nusxasi Oksford universiteti kutubxonasi (Angliya) da saqlanmoqda. Asarning 12- a.da lotinchaga tarjima qilingan ikki nusxasi: R. 315Chester tarjimasi va K. Gerard tarjimasi mavjud. Keyingi tarjima 1838-yilda Parijda nashr etilgan. Arabcha asl nusxasini 1831-yil Londonda F. Rozen chop qilgan. Yu. Rushka nemis tiliga, A. Marr fransuz tiliga tarjima qilishgan. R. Chesterning lotincha tarjimasi bilan inglizcha tarjimasi 1915-yil Nyu-Yorkda qoʻshib nashr etildi. Asarning geom.ga oid qismini 193-yil Berlinda S. Gands e’lon qildi. Asar 1964-yil Toshkentda rus tilida, 1983-yil tanlangan asarlar orasida rus va oʻzbek tillarida nashr qilingan.Ad.: Ahadova M., Oʻrta osiyolik mashgʻur olimlar va ularning matemati-kaga doir ishlari, T., 1983.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil