Kontent qismiga oʻtish

Alain Bashung

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alain Bashung
Bashung 2007-yilda
Bashung 2007-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Alain Claude Baschung
1-dekabr 1947-yil
Vafoti 14-mart 2009-yil(2009-03-14)
(61 yoshda)
Parij, Fransiya
Janrlar rok[1]
Kasbi
  • Qoʻshiqchi
  • qoʻshiqlar muallifi
  • aktyor
Faoliyat yillari 1966—2009
Fuqaroligi Fransiya
Turmush oʻrtogʻi Chloé Mons, Chantal Mironneau va Chantal Monterastelli
Veb-sayt alainbashung.fr

Alain Bashung (1947-yil 1-dekabr — 2009-yil 14-mart) — fransuz qoʻshiqchisi, bir necha qoʻshiqlar muallifi va aktyor. Vatanida koʻpincha, Serge Gainsbourgdan keyin, eng mashhur fransuz rok musiqachisi sifatida eʼtirof etiladi[2].

1980-yillarning boshlarida „Gaby oh Gaby“ va „Vertige de l’amour“ kabi xit qoʻshiqlari bilan mashhur boʻlgan. 1990-yillardan boshlab, „Osez Joséphine“, „Ma petite entreprise“ va „La nuit je mens“ kabi bir nechta xit qoʻshiqlar muallifiga aylangan. Faoliyati davomida 12 ta gʻalaba bilan Victoires de la Musique tarixidagi eng koʻp mukofotlangan qoʻshiqchi boʻlib qolgan.

Alain Baschungning otasi jazoirlik boʻlgan, ammo Alain uni hech qachon koʻrmagan. Onasi Breton zavodda ishlagan. Bir yoshligida onasi qayta turmushga chiqqan va Baschung oʻgay ota bilan yashash uchun Strasboourg yaqinidagi Wingersheimga yuborilgan[3]. Bolaligini qishloqda, fransuz tilini bilmaydigan buvisi bilan birga oʻtkazgan[4]. Alain yoshligidan musiqa qiziqqan.

1959-yilda Parijga qaytib kelgan va buyuk sanʼatkorlarni, soʻngra, Gene Vincent, Buddy Holly va Elvis Presley kabi rok yulduzlarini oʻzi uchun kashf etgan. Oʻqish paytida (1965-yilda iqtisodiy soha boʻyicha BTS mukofotiga sazovor boʻlganidan keyin oʻqishni tark etishdan oldin), folklor musiqa kuylaydigan Les Dunces nomli guruh tuzgan[4].

Keyinchalik, Royanda uchratgan musiqachilari bilan guruh tuzgan va restoranlar, mehmonxonalar va AQSh harbiy bazalariga safar qilishni boshlagan. Oʻz faoliyatini „Pourquoi rêvez-vous des États-Unis“ nomli birinchi qoʻshigʻi bilan boshlagan. Ushbu qoʻshiqni 1966-yilda yozgan va bastalagan.

1968-yilda oʻzining birinchi „Les Romantiques“ qoʻshigʻini chiqargan. Ammo bu qoʻshiq jamoatchilik tomonidan eʼtiborsiz qoldirilib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan[5].

1972-yildan 1974-yilgacha uchta albom va uchta yakkaxon qoʻshiq yozgan. 1973-yilda Claude-Michel Schönbergning „La Revolution francaise“ musiqiy filmida Robespier rolini oʻynagan[4].

Alen Bashung 11 yil ichida kamida toʻrtta albom va oʻnta yakka qoʻshiq chiqargan. Ammo ularning hech biri muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Bashung 2008-yil 11-iyulda La Rochelledagi Frankofoliyadagi soʻnggi konserti paytida.