Kontent qismiga oʻtish

Alak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alak – arqogʻi va tanda ipi yarim pishitilgan ipdan toʻqilgan mato dastaki dastgoh (qoʻl doʻkon)da turli rangda yoʻl-yoʻl qilib tayyorlangan. Alakdan toʻn, koʻrpa va koʻrpacha tiqilgan. Alakning gullari yoʻl-yoʻl boʻlganidan qalami, baʼzi ingichka yoʻllilari esa zevak deb nomlangan. Alak oʻtmishda keng tarqalgan, ayniqsa, Fargʻona vodiysi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida koʻplab toʻqilgan, chet mamlakatlarga ham chiqarilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil