Kontent qismiga oʻtish

Alamkash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alamkash (taxallusi; asl ismi Ubaydullo Islom oʻgʻli) (1846 – hozirgi Gʻallaorol tumani, Qizilqoʻrgʻon qishlogʻi – 1924) – shoir, xattot, tarjimon. Oʻz qishlogʻida maktab ochib, shu maktab oʻquvchilari uchun hisob ilmiga oid darslik tuzgan. Alamkashning 100 dan ortiq sheʼrdan tarkib topgan qoʻlyozma asari, 250 dan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan devoni va matematikaga oid asari bizgacha yetib kelgan. Alamkash „Chor kitob“ni forschadan oʻzbekchaga erkin tarjima qilgan (1898). Asar Toshkentda toshbosmada 3-marta qayta nashr etilgan (1910, 1913, 1914). Devoni qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 11306) saqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil