Kontent qismiga oʻtish

Alazeya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alazeya
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi 1 590
Maydoni 64 700 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Alazeya

Alazeya — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasining shimoli-sharqidagi daryo. Uzunligi 1590 km, havzasining maydoni 64700 km². A. Alazeya yassi toglarida Nelkan va Kadilchan soylarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga quyiladi. Alazeya oʻzani juda egri-bugri. Daryo quyilish yerida bir qancha tarmoqlarga boʻlingan. Alazeya havzasida 24 mingdan ortiq koʻl bor. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 320 m³/sek. Sentabr oxiri — oktabr boshlarida muzlab, may oxiri — iyun boshlarida muzdan boʻshaydi. Eng yirik irmogʻi — Rossoxa.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil